14:58 / 22.11.2020
2 515

Nur-Sultondagi qahvaxonada portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Nur-Sultondagi qahvaxonada portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Foto: Qozog‘iston FVV
Nur-Sultondagi taniqli kafelardan birida gaz balloni portlashi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.
Xabarga ko‘ra, 21 noyabr kuni soat 12.25da qahvaxonaga moslashtirilgan kottejda gaz balloni portlashi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarning ma’lumot berishicha, kottejda bir qiz va 15 dona gaz balloni bo‘lgan. Portlash natijasida oshxonaning tom qismi o‘pirilib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida qolgan qiz kasalxonada vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur-Sultondagi qahvaxonada portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi