Foto: The Drive
Amerikaning Kolorado shtatida istiqomat qiluvchi fuqaro uyiga qaytayotganida noodatiy «topilma»ga duch keldi. Daryo ustiga qurilgan ko‘prikka qora Nissan Rogue tiqilib qolgan, deb xabar beradi Motor.
Nissan Rogue qanday qilib ko‘prikka chiqib qolgani haligacha tushunarsiz. Shuningdek, krossover haydovchisining taqdiri nima kechgani ham noma’lum. Mahalliy aholining taxminicha, qora Nissan’ning egasi mast holda bo‘lgan va daryo ustidagi tor ko‘prikdan o‘tishga qaror qilgan. Avtomobilning o‘lchamlari to‘siqlar orasidan o‘ta olmasligini tushunib yetganida kech bo‘lgan. Shundan so‘ng haydovchi mashinani tashlab, noma’lum tarafga qarab ketgan.
Mahalliy aholi sodir bo‘lgan holatda norozi, chunki daryo ko‘prigi — ularning ishga yetib olishi uchun yagona yo‘l. Ayni vaqtda tiqilib qolgan krossover evakuatsiya qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tog‘li velotrassaga tiqilib qolgan Jeep Wrangler’ni qutqarish jarayoni (video)

Nissan’ning uy qamog‘ida bo‘lgan sobiq rahbari Yaponiyani ruxsatsiz tark etdi

Pyatigorskda “Gazel” “ahmoq ko‘prik”ka tiqilib qoldi (video)

Meksikada lotereyada yutib olingan Nissan 50 yilga yerga ko‘mib qo‘yildi

Amerikalik ayol ko’chadagi temir panjaralar orasiga tiqilib qolgancha vafot etdi

Rossiyada daryo etagiga tiqilib qolgan kit dengizga qaytarildi (Video)