19:22 / 07.12.2020
2 986

Turkiyada qo‘lga olingan rossiyalik jurnalistlar josuslikda ayblanmoqda

Turkiyada qo‘lga olingan rossiyalik jurnalistlar josuslikda ayblanmoqda
Foto: Hurriyet
Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olingan Rossiyaning NTV telekanali jurnalistlari josuslikda ayblanmoqda. Bu haqda telekanal o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

“Sentralnoye televideniye” ko‘rsatuvining boshlovchisi va operatori Aleksey Petrushko hamda Ivan Malishkin 3 dekabrdan boshlab aloqaga chiqmay qo‘ygan. Keyinroq ular dron ishlab chiqaruvchi zavod yonida suratga olishga uringan vaqtda qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgan. Istanbul meriyasining bildirishicha, jurnalistlar ruxsatnoma olmasdan suratga olishga urinishgani uchun ushlangan.

7 dekabr kuni ular sudga olib kelindi, deb xabar bermoqda NTV. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik diplomatlar jurnalistlar taqdiri bilan shug‘ullanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada qo‘lga olingan rossiyalik jurnalistlar josuslikda ayblanmoqda