Foto: Search News info
Malayziyalik juftlik to‘y kuni mamlakatda pandemiya sabab o‘rnatilgan taqiqlarni chetlab o‘tmagan holda 10 ming nafar mehmonni qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar berdi, deb yozadi Search News info.
Malayziyadagi yangi qoidalarga binoan to‘y marosimida 20 dan ortiq mehmon ishtirok etishi mumkin emas. Shunga qaramay, Tengku Muhammad Xofiz va kelin Oushen Alagianing to‘yida hammasi boshqacha bo‘lgan.
Juftlik nikoh oqshomini Malayziyaning Putrajaya shahridagi hukumat binosi oldida nishonlagan. Mehmonlar kelin va kuyov yonidan mashinada o‘tib, tabrik belgisi sifatida ularga qo‘l silkigan. Shu yo‘sinda tashrif buyuruvchilar mavjud qoida va ijtimoiy masofaga amal qilgan holda marosimda ishtirok etgan. 3 soat davom etgan tantanada har bir mehmonga oldindan maxsus qutilarga joylangan taomlar ulashilgan.
Kuyov vazirlar mahkamasining sobiq a’zosi Tengku Adnana Tengku Mansaraning o‘g‘li. 20 dekabr kuni 70 yoshni qarshilagan Mansara Facebook sahifasida tashrif buyurganlarga ehtiyot choralariga rioya qilgani uchun minnatdorchilik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Xitoylik ayol sobiq sevgilisining to‘yini buzishga urindi

JSST pandemiya davrida niqob taqish bo‘yicha yangi tavsiyanoma chiqardi

Tramp pandemiya tez orada tugashiga va’da berdi

Pandemiya davridagi stress yurak-qon tomir kasalliklariga sabab bo‘ladi

Bill Geyts pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi

Ekvadorlik juftlik dunyodagi eng keksa juftlik deb topildi