18:56 / 05.01.2021
1 721

Tahlilchilar 2021 yilning asosiy global xatarlari reytingini taqdim etdi

Tahlilchilar 2021 yilning asosiy global xatarlari reytingini taqdim etdi
Foto: Getty Images
Eurasia Group konsalting kompaniyasi 2021 yilda butun dunyo duch keladigan o‘nta xavf-xatar reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi «RBK». Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida «Amerikaning parchalanishi» o‘rin olgan — bu AQSH aholisining deyarli yarmi har bir yangi prezidenti legitim emas, deb hisoblaydigan vaziyatdir.

Ekspertlarning fikricha, bu kabi vaziyat Qo‘shma Shtatlarda hokimiyatga Jo Bayden o‘tirishi bilan yuzaga keladi. Bu butun dunyodagi geosiyosiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi va ushbu sohada setsessiyaga olib keladi.

Eurasia Group reytingining ikkinchi pog‘onasida koronavirus pandemiyasining cho‘zilishi o‘rin olgan. Vaksinatsiya fonida jamiyatning boylar va kambag‘allar qatlamiga ajralishi yanada ko‘proq kuzatiladi. Bu ko‘plab davlatlardagi jamoatchilik orasida tartibsizliklarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, pandemiya oqibatida ishchilar soni qisqartiriladi, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qoladi, rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz inqirozi yuzaga keladi.

Kompaniya uchinchi xavf-xatar sifatida iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni keltirib o‘tgan bo‘lib, u xalqaro raqobatni yuzaga keltiradi.

Eurasia Group’ning Top-10 xavf-xatarlar ro‘yxati quyidagicha:
- AQSH va Xitoy o‘rtasidagi keskinlikning ortishi;
- Xalqaro formatda ma’lumotlar uzatishning qiyinlashuvi;
- Raqamli makonda global mojaroning yuzaga kelish ehtimolligi;
- Siyosiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan turk iqtisodiyotidagi muammolar;
- Neft narxining arzonlashuvi sabab Yaqin Sharq mamlakatlari iqtisodiyotining qulashi;
- Angela Merkelning Germaniya kanslerligidan ketishi;
- Pandemiya va ayrim mamlakatlaridagi saylovlar sabab Lotin Amerikasida yuzaga keladigan siyosiy hamda ijtimoiy inqiroz.

Dekabr oxirida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus Buyuk Britaniya va JARda aniqlangan koronavirusning yangi shtammini 2021 yilda insoniyat uchun chaqiriq deb atagandi.

Gebreyesusning so‘zlariga ko‘ra, JSST koronavirus qanday qilib mutatsiyaga uchrayotgani va o‘zgarayotganini tushunish uchun butun dunyodagi olimlar bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Vaksinalar va infeksiyasini davolashning qo‘llanmalari bo‘lsihiga qaramay, koronavirusning yangi variantlari yangi yilda qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)