21:30 / 31.01.2021
2 963

Oshpaz ayol 3 mahsulotdan voz kechib, 4 oy ichida 25 kilo vazn yo‘qotdi

Oshpaz ayol 3 mahsulotdan voz kechib, 4 oy ichida 25 kilo vazn yo‘qotdi
Foto: «Domashniy ochag»
Opra Uinfri va Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern uchun maxsus taomlar pishiruvchi yulduzga aylangan oshpaz hamda uch farzandning onasi Brijet Devis Instagram’dagi obunachilariga o‘zining yangi suratini taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayol 4 oy ichida 25 kilogramm vazn tashlagan. Bu ajoyib natija, albatta. Brijetning so‘zlariga ko‘ra, u umuman sport bilan shug‘ullanmagan va kuchli parhezga ham rioya qilmagan.

«Men buni sizlar, oilam va do‘stlarim bilan bo‘lishish uchun jasorat topishimga to‘g‘ri keldi, — deb yozadi Brijet o‘z sahifasida. — Chapdagi surat 4 oy oldin olingan. Men o‘zimning sog‘lig‘im va tashqi ko‘rinishim haqida unutmasdan ham mazali taomlardan bahramand bo‘lishim mumkin».

Foto: «Domashniy ochag»
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u vazn tashlagandan keyin o‘zini ancha yaxshi his qila boshlagan. Uni endilikda zaiflik, qorin shishishi, ovqat hazm qilish muammosi va ruhiy holatning to‘satdan o‘zgarishi qiynamaydi.

Oshpaz qattiq parhezlarga rioya qilmaydi. U shunchaki ratsionga ko‘proq oqsilga boy taomlarni kiritgan va glyuten, sut, shakar mahsulotlarining iste’molini kamaytirgan. Kasal bo‘lib qolmaslik uchun turli xil ko‘kat va ziravorli taomlarni iste’mol qilgan. Ayolning vazn tashlashdagi yana bir siri — kunning birinchi qismida ko‘proq oqsilga boy taomlar tanovul qiladi. Masalan, nonushtani tuxum va tovuq go‘shtidan boshlaydi. Tushlikda ham bunga rioya qiladi.
[media=https://www.instagram.com/p/BfXj-MTnkZI/?utm_source=ig_embed]
«Men yoshim va uch farzandimdan keyin ortiqcha vazn tabiiy jarayon deb o‘ylar edim, — deydi Brijet. — Ammo ratsiondan faqatgina bir nechta mahsulotlarni chiqarib tashlashning o‘zi kifoya qilar ekan. Shundan so‘ng vazn kamayadi, quvvat esa ortadi».

«4 oy avval qanday edim-a?! Semiz, yuzi shishgan, ortiqcha yog‘lar. Endi esa o‘zimni juda yaxshi his qilyapman: ozg‘in, baquvvat hamda tetik. Bu kabi natijaga erishishni istaydiganlar ham shunchaki ratsionni bir oz yaxshi tomonga o‘zgartirishi kerak», — dedi Brijet.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oshpaz ayol 3 mahsulotdan voz kechib, 4 oy ichida 25 kilo vazn yo‘qotdi