18:57 / 08.02.2021
1 855

Britaniyalik fermer odamlarga echkilar bilan Zoom’da muloqot qilishni taklif qilmoqda

Britaniyalik fermer odamlarga echkilar bilan Zoom’da muloqot qilishni taklif qilmoqda
Foto: Instagram / @bellahadid
Buyuk Britaniyalik fermer pandemiya vaqtida qiziqarli biznes boshladi. U odamlarni echkilar bilan Zoom orqali suhbatlashishga taklif etdi. Va bundan allaqachon 68 ming dollar ham ishlab topgan, deb yozadi Harper’s Bazaar.

Dot Makkarti Buyuk Britaniyaning Lankashir shahrida o‘z fermasiga ega. U yerda odatda bolalarning tug‘ilgan kunidan tortib to‘y ziyofatlariga qadar barcha tadbirlar o‘tkazilar edi. Ammo koronavirus pandemiyasi uni asosiy daromad manbayisiz qoldirdi. U karantin vaqtida hazillashishga qaror qildi va videoaloqa orqali echkilar bilan suhbatlashish imkoniyatini sotayotgani haqida o‘z sahifalarida e’lon qildi. Ertasi kuni ertalab esa Zoom orqali hayvonlar bilan suhbatlashishni istaganlardan 200 ta elektron maktub olgan.

Foto: Instagram / @dualipa
«Men ushbu g‘oyani echkilarni sevadigan odamlar borligini bilganim uchun e’lon qildim. Echkilar tabiatan juda qiziquvchan bo‘lib, ular kameraga qaraydi va xursandligidan sakraydi», − Deydi Makkarti. Natijada butun dunyodan echkilar bilan bog‘lanishni istovchi kishilar soni ortdi. Fermer Rossiya, Xitoy, Avstraliya va Yangi Zelandiyadan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilgan.

Dot Makkarti echkilar bilan suhbatlashishning turli xil variantlarini taqdim etadi. 6,8 dollar evaziga yettita echkidan birini tanlab, 5 daqiqa davomida ular bilan ko‘rishib suhbatlashish mumkin. 13,7 dollarga esa mijozlar eslatma yozishlari va echkilarning ovqatlanishini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kamerada ko‘rishi mumkin. Zoom’dagi echkilarning muvaffaqiyati Makkartiga xodimlarni saqlab qolishga yordam berdi. U ishlab topgan pullarni fermani qayta tiklanadigan energiya manbalariga aylantirishga sarflashini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik fermer odamlarga echkilar bilan Zoom’da muloqot qilishni taklif qilmoqda