10:51 / 18.02.2021
1 424

McDonald’s besh yil ichida birincha marta qadoqlar dizaynini o‘zgartiradi

McDonald’s besh yil ichida birincha marta qadoqlar dizaynini o‘zgartiradi
Foto: McDonald’s
Dunyoning eng katta fastfud tarmog‘i McDonald’s besh yil ichida birinchi marta burgerlar, gazaklar va ichimliklar uchun qadoqlar dizaynini o‘zgartiradi. Bu haqda qadoq dizaynini ishlab chiqqan Pearlfisher agentligi xabar berdi.

«Yangilangan dizayn yorqin grafikalar bilan brendga quvonch va yengillik hissini beradi», — deyiladi xabarda.

Dizaynerlar qadoqdagi katta yozuvlardan voz kechishga qaror qildi. Buning o‘rniga grafiklar paydo bo‘ldi. Masalan, file-o-fish (baliq kotletli burger) qadog‘ida dengiz to‘lqinlari aks etgan, kartoshka-fri qadog‘ining esa ichki qismida o‘zgarishlar bo‘lib, unda kartoshka bo‘laklari tasvirlangan.

«Yangi qadoq yorqin vizual tizimni yaratgan. Har bir o‘ram va qog‘oz yorqin, quvnoq va sodda», — deya ta’kidladi Pearlfisher agentligi.

Agentlikning kreativ direktori Mett Sia Creative Review bilan suhbatda aytishicha, dizaynerlarning vazifasi menyuning har bir punktida qanday alohida jihatlar borligini aniqlash va buni boshqalarga ham ko‘rsatib beruvchi tizimni shakllantirish edi. Agentlik qadoqda funksional, yorqin, estetik jihatdan minimal va quvonch ulashuvchi xususiyatlarni jamlashga harakat qilgan.

«Tizimdagi har bir elementning o‘z o‘rni bor. Bu mijozlarga mazali va yoqimli lahzalarni ulashishda McDonald’s brendining faoliyatiga yordam beradi», — dedi Mett Sia.

McDonald’s menyusining global strategiyasi bo‘yicha bosh direktori Barbara Yelingning aytishicha, qadoqlarning o‘zgarishi brendning zamonaviylikka intilayotganidan darak beradi. «Pearlfisher redizayn orqali brendimizni modernizatsiya qilishga yordam berdi, menyuning alohida xususiyatlarini ko‘rsatdi va sifatga bo‘lgan sadoqatimizni namoyish qildi», — dedi u.

McDonald’s tarmog‘ida avvalgi rebrending 2016 yil bo‘lib o‘tgan. O‘shanda kompaniya illyustratsiyalardan voz kechish evaziga qadoqlardagi yozuvlarni kattalashtirgan. Ungacha esa mahsulot qadog‘i 2013 yilda almashgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » McDonald’s besh yil ichida birincha marta qadoqlar dizaynini o‘zgartiradi