15:55 / 15.03.2021
3 628

Dunyodagi eng badavlat kishilarning umr yo‘ldoshlari (foto)

Dunyodagi eng badavlat kishilarning umr yo‘ldoshlari (foto)
Ko‘pchilik badavlat insonlarni faqatgina yosh va go‘zal xonimlarga uylanadi, deb o‘ylaydi. Aslida-chi? Ular tanlovda bunga e’tibor beradimi? Yoki sadoqat va muhabbat yo‘lini afzal ko‘radimi?

Jeff Bezos − 180 milliard dollar

Foto: Getty Images
Amazon asoschisi 2019 yilda rafiqasi Makkenzi Bezos bilan ajrashgan. 25 yillik turmushdan so‘ng milliarderning ko‘ngli boshqasiga tushdi, u teleboshlovchi Loren Sanches edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jeff va Makkenzining ajrimi sakkiz oy davom etgan. Eng qizig‘i shundaki, o‘shanda Sanches boshqa inson bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ammo Jeffning rafiqasi bilan ajrashayotganini eshitgandan so‘ng u ham munosabatlarni to‘xtatishga qaror qilgan. Jeff va Sanches hozirda birga, ammo ular rasman oila qurmagan.

Ilon Mask − 174 milliard dollar

Foto: @elonmusk
Tesla va SpaceX rahbari deyarli uch yildan beri Kler Bushe bilan uchrashadi. Ma’lum bo‘lishicha, ular Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan. Umuman olganda, Kler Maskning hazil tuyg‘usini qadrlaydi va uni juda yaxshi tushunadi. Bu esa ularni yanada yaqinlashtirgan. Juftlik chindan ham bir-biriga mos. Bunday bo‘lmaganida, kim ham farzandiga ularniki kabi raqamlardan iborat ism qo‘yar edi?!

Bill Geyts − 136 milliard dollar

Foto: Getty Images
Lekin Microsoft asoschisi Bill 27 yildan buyon o‘z rafiqasiga sodiq. Melinda va Bill ish jarayonida tanishgan. Kompyuter dahosi nafaqat o‘zining ajoyib ishchisi bo‘lgani uchun, balki past poshna kiygani tufayli ham kompaniyasining xodimiga e’tibor qaratgan. Bill hamisha poshnalar qancha past bo‘lsa, ayol shuncha aqlli bo‘ladi, deb ishongan. Melinda turmushga chiqqach, Microsoft’dan ishdan ketgan bo‘lsa-da, karerasidan voz kechmagan. Shuningdek, u dunyodagi eng nufuzli ayollardan biri. Juftlikning uch nafar farzandi bor. Ular baxtli hayot kechirmoqda.

Bernar Arno − 117 milliard dollar

Foto: Getty Images
Louis Vuitton kompaniyasi asoschisi 72 yoshli Moet Hennessy ikki marta turmush qurgan. U ikkinchi rafiqasi pianinochi Elen Merse bilan 30 yildan buyon baxtli. «Taniqli skripkachi Ivri Gitlis kechki ovqatga taklif qilgan edi, u yerda Bernar bilan uchrashdim. Oradan uch hafta o‘tgach, yana ko‘rishdik. Shundan so‘ng tez-tez ko‘rishish boshlangan. U Shopenning asarlarini ijro etishni yaxshi ko‘radi», − deydi Elen intervyuda. Aytgancha, u dunyodagi eng boy odamlardan birining rafiqasi bo‘lishiga qaramay, uyda qolib ketmadi. U hamon musiqa bilan shug‘ullanadi va yiliga 30 ga yaqin konsert taqdim etadi.

Uorren Baffet – 97,7 milliard dollar

Foto: Getty Images
90 yoshli Uorren Baffet 2006 yilda latviyalik immigrant Astrid Menks bilan turmush qurgan. Ammo bundan oldin ularning munosabati 20 yildan ortiq davom etgan. Milliarderni Astrid bilan tanishtirgan uning birinchi turmush o‘rtog‘i – Syuzen edi. Juftlik uzoq vaqt birga yashamasa-da, rasman ajrashmagan ham edi. Ammo Syuzen turmush o‘rtog‘ini uning duogonasi bilan yashayotganini bilgan va bundan umuman tashvishga tushmagan. Sababi u Baffetni turmush o‘rtoq emas, aka sifatida ko‘rgan. 2004 yilda Syuzenning vafotidan so‘ng Baffet chinakamiga ozod bo‘lib, darhol Astridga turmush qurish taklifini bildirgan.

Mark Sukerberg – 97 milliard dollar

Foto: Getty Images
Juftlikning sevgi hikoyasi ko‘pchilikka ma’lum. Channing so‘zlariga ko‘ra, Sukerberg unchalik ham havas qiladigan kuyovga o‘xshamagan, aksincha, kitob o‘qishdan bosh ko‘tarmas edi. Biroz vaqt o‘tgach, Prissilla va Mark uchrashishni boshladi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay, ular ajrashishga qaror qilgan. Chunki bunga sabab ularning turli xil turmush tarzi edi. Chan o‘qishni, Sukerberg esa Facebook ijtimoiy tarmoq loyihasi ustida ish boshlagan. Shu tarzda ular uchrashuvga ham vaqt topa olmagan. Ammo taqdirdan qochib bo‘lmaydi. 2007 yilda juftlik yana bir-birini topgan. Prissilla diplomga, Sukerberg esa Facebook tufayli muvaffaqiyatga erishishi bilan 2012 yil turmush qurdi. Hozirda ularning ikki farzandi bor.

Larri Peyj – 92,9 milliard dollar

Foto: Getty Images
47 yashar Google qidiriuv tizimining asoschisi go‘zal Lyusiya Sautvort bilan 14 yildan buyon bir oila bo‘lib yashamoqda. Milliarder modelni nafaqat go‘zalligi uchun, balki Oksford, Pensilvaniya, Stenford universitetlarini tamomlagan olima va qat’iyatli qiz bo‘lgani uchun ham sevib qolgan. Hozirda Lyusiya Stenford universitetida biotibbiyotdan dars beradi. Ularning ikki nafar farzandi bor.

Sergey Brin – 89,9 milliard dollar

Foto: Getty Images
Biotexnika kompaniyasi − 23andMe bosh direktori Sergey Enn Vojski bilan turmush qurgan. 2013 yilda juftlik xabarlarga ko‘ra, Sergeyning xiyonati tufayli ajrashdi. 2018 yilda esa Sergey Nikol Shanaxan bilan oila qurgan. Ularning bir nafar farzandi bor.

Larri Ellison – 84,3 milliard dollar

Foto: Getty Images
Oracle korporatsiyasi direktorlar kengashining raisi 76 yoshda, ammo u juda yosh ko‘rinadi. Larri 4 marta oila qurgan. U oxirgi turmush o‘rtog‘i Melani Kraft bilan 2010 yilda ajrashgan. Shunda ham yolg‘iz qolmadi. Darhol 19 yashar Nikita Kan bilan uchrashishni boshladi. Juftlik orasidagi farq 47 yoshni tashkil qiladi. Ularning munosabati hanuzgacha davom etmoqda. Milliarderning sevgilisi ham muvaffaqiyatli model, aktrisa, faol va ko‘chmas mulk agentliklari tarmog‘ini o‘z ichiga olgan bir nechta biznes egasi.

Mukesh Ambani – 84,3 milliard

Foto: Getty Images
Mukesh Nita bilan 1985 yil turmush qurgan. Nita milliarder bilan tanishgan vaqtda maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlar edi. Keyinchalik turmush o‘rtog‘i bilan birga oilaviy biznes yuritishni boshladi. Ularning uch nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng badavlat kishilarning umr yo‘ldoshlari (foto)