18:15 / 15.03.2021
2 172

Amerikalik erkak telefon qo‘ng‘irog‘i sabab lotereyadan 2 million dollar yutib oldi

Amerikalik erkak telefon qo‘ng‘irog‘i sabab lotereyadan 2 million dollar yutib oldi
Foto: UPI
Amerikaning Missuri shtatida istiqomat qiluvchi Rudi Mendes telefon qo‘ng‘irog‘i tufayli lotereyadan pul yutib oldi. Bu haqda UPI xabar beradi.

Missuri shtatining Foristell shahrida yashovchi erkak mashinasida ketayotgan vaqtida qo‘l telefoni jiringlab qolgan. Telefonda gaplashish uchun mashinasini yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan. Erkak birato‘la do‘konga kirish va lotereya chiptasi sotib olishga qaror qilgan.

Birinchi chiptadan katta bo‘lmagan miqdorda pul yutib olganidan keyin, do‘konga qaytib kirib ikkinchi lotereyasini sotib olgan. Ikkinchi chipta unga asosiy sovrin — ikki million dollar olib kelgan. «Men u yerda 200 dollar yozilgan, deb o‘yladim», — degan Mendes. Chiptadan barmog‘ini olgach, tezda telefonni qo‘yib qo‘yganini qo‘shimcha qilgan.

U uchinchi marta do‘konga qaytib kirgan. Lotereya chiptasini skaner qilib tekshirib ko‘rgan erkak ko‘zlari uni aldamaganiga amin bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak telefon qo‘ng‘irog‘i sabab lotereyadan 2 million dollar yutib oldi