Foto: «pixabay.com»
AQSHda mijoziga noqonuniy kosmetologik in’eksiya qilgani va bu uning o‘limiga olib kelganligi sababli ayol besh yilga qamaldi. Bu haqda «ABC News» xabar bermoqda.
1 aprel kuni dallaslik 49 yoshli Nitika Deonte Li 2015 yilda tungi klub raqqosasi Dayshi Fillipsning o‘limi tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi. Li 22 yoshli mijozning dumg‘azasiga suyuq silikon yuborgan. To‘rt kundan so‘ng silikon qonga tushib, o‘pkada tiqilib qolishi natijasida mijozi vafot etgan.
Ilgari talonchilik va o‘g‘rilik uchun qamalib chiqqan Liga Fillipsning o‘limidan bir necha oy o‘tgach ayblov e’lon qilingan. Biroq besh yil davomida u jazodan qochib yurgan. U ma’lum vaqt Meksikada yashagan. 2020 yil iyul oyida Dallas politsiyasi tomonidan hibsga olindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi