08:40 / 24.04.2021
1 977

Bayden ilk xorijiy safarini Britaniya va Belgiyaga amalga oshiradi


Foto: AFP/Getty Images
AQSH prezidenti Jo Bayden prezident sifatidagi ilk xorijiy safarini iyunda amalga oshiradi. U yo‘l oladigan ilk xorijiy davlatlar Britaniya va Belgiya bo‘ladi.

«Ushbu safar Baydenning ittifoqdoshlarimizni tiklash, transatlantik munosabatlarni jonlantirish va global muammolarni hal qilish hamda Amerika manfaatlarining yanada ishonchliroq himoyasi uchun ittifoqdoshlarimiz va ko‘p tomonlama hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlash tarafdori ekanini ko‘rsatadi», deb ma’lum qilingan Oq uyda.

Britaniyada Bayden 11–13 iyun kunlari Kornuollda o‘tadigan G7 sammitida ishtirok etadi. Bu yerda AQSH prezidentining «Katta yettilik» davlatlari yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

So‘ngra Bayden 14 iyunda o‘tadigan NATO sammitida ishtirok etish uchun Belgiyaga yo‘l oladi. Alyans yetakchilari NATO tahdidlarga qanday javob berishi kerakligi hamda alyans ichidagi xarajatlarni samarali taqsimlash masalasini muhokama qilishadi.

Bundan tashqari, Bayden Yevropa Ittifoqi–AQSH sammitida ishtirok etadi. Sammitda global xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, jahon iqtisodiyotini tiklash, raqamli va savdo hamkorligini kengaytirish, iqlim o‘zgarishi, demokratiyani mustahkamlash va umumiy tashqi siyosiy muammolarni hal qilish masalalari muhokama qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden ilk xorijiy safarini Britaniya va Belgiyaga amalga oshiradi