15:00 / 04.05.2021
2 193

Rossiyalik «Robin Gud» Nyu-York meri bo‘lmoqchi


Foto: «Profile»
Rossiyaning Tomsk shahrida tug‘ilib o‘sgan Vitaliy Filipchenko AQSHning Nyu-York shahri meri bo‘lmoqchi. Maqsadim daromad emas, kuchsizlarga yordam berish, deya u o‘zini Robin Gudga qiyoslagan.

«Mer bo‘lmoqchiman, bundan biron daromadni ko‘zlayotganim yo‘q. Ko‘plar nom chiqarish, yanayam boyish uchun o‘zini siyosatga uradi. Mening maqsadim butunlay boshqa, qo‘limdan kelgancha yordam bersam deyman, deylik Robin Gudga o‘xshab», — deydi Filipchenko.

Uning aytishicha, amaldagi merga muxolif nomzodlar — asosan o‘ziga to‘q odamlar. Ko‘plari maosh ko‘p to‘lanadigan joylarda ishlashadi. Filipchenkoning fikricha, jiddiy muammolarni shaxsan boshidan o‘tkazmagan odamlar ularni qanday hal etishni ham bilishmaydi. Uning umidi o‘ziga o‘xshab og‘ir mehnat yo‘lini bosib o‘tgan mehnat muhojirlaridan.

«Doim kuchsizlarga yordam berishni istaganman. Qandaydir adolat bo‘lishi shart. Bir tadbirkor, shu muammolarni ko‘rib-bilgan odam sifatida ularni nafaqat o‘zim, boshqa birovlar uchun ham hal etish niyatidaman», — dedi u.

Filipchenko 10 yildan beri AQSHda yashaydi. O‘z yuk tashuvchi firmasiga ega. Mustaqil nomzod sifatida merlik uchun kurashib ko‘rmoqchi. Saylovlar shu yilning 2 noyabriga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik «Robin Gud» Nyu-York meri bo‘lmoqchi