00:03 / 18.05.2021
2 985

Talaba koronavirus tufayli 11 kun daraxtda o‘tirdi


Foto: «India.com»
Hindistonda koronavirusga chalingan talaba 11 kun daraxtda o‘tirdi. U shu tariqa o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga amal qilgan. Bu haqda India.com sayti xabar bermoqda.

Hindistonning Telengana shtati Nalgonda shahrida istiqomat qiluvchi Shiva ismli 18 yoshli yigit 4 may kuni yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganini bilib qolgan. Qarindoshlariga yuqtirib qo‘ymaslik maqsadida talaba o‘z uyining hovlisidagi daraxt shoxlariga karavot yasab olgan.

Shiva ko‘p vaqtini mobil telefonda gaplashish bilan o‘tkazdi. Qarindoshlari esa uning o‘zi qurgan maxsus ko‘tarish moslamasi yordamida oziq-ovqat bilan ta’minlab turishdi.

«Ko‘ngillilar mahalliy mutasaddilarga test sinovim musbat chiqqanligini aytgan-aytmaganini bilmayman. Hech kim yordamga kelmadi. Hamma virusdan qo‘rqadi va uydan chiqmaydi», — shikoyat qildi Shiva.

Talaba Hindiston janubidagi Haydarobod universitetida tahsil oladi. Taxminan bir oy oldin Haydarobodda COVID-19 bilan kasallanganlar soni ko‘payib ketganda, u uyiga qaytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Talaba koronavirus tufayli 11 kun daraxtda o‘tirdi