Foto: «CC0 / kkolosov / Mikroskop»
Shimoliy Karolina universiteti mutaxassislari maxsus nanoqopqonlar yordamida koronavirusni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.
SARS-CoV-2 yuqish mexanizmi quyidagicha ishlaydi: boshoqli oqsil yordamida virus hujayra yuzasida angiotenzinga o‘zgaruvchi 2 (ACЕ2) fermentiga yopishadi va uning ichiga kirib oladi. Uni aldash uchun mutaxassislar ACЕ2 retseptorlariga o‘xshash inson o‘pka sferoid hujayralaridan (LSC) zarralar tayyorlashdi. Ushbu zarralar koronavirus uchun ko‘plab soxta nishonga aylanib, uning organizmga yuqishiga va ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Olimlar ushbu davolash usulini avval sichqonlarda, so‘ngra maymunlarda sinab ko‘rishdi. Nanoqopqonlar ingalyatsion terapiya yordamida hayvonlarning organizmiga kiritiladi. LSC-xo‘raklar o‘pkada fibroz va yallig‘lanishni kamaytirdi, shuningdek virusni organizmdan chiqib ketishini tezlashtirdi.
Bunday davolash usuli bir nechta afzalliklarga ega. Birinchidan, nanoqopqonlar inson tanasiga ingalyatsiya yordamida invaziv bo‘lmagan usulda yetkazilishi mumkin. Ikkinchidan, xo‘raklar uzoq vaqt saqlanishi mumkin. Uchinchidan, xuddi shu LSC boshqa klinik sinovlarda ham qo‘llaniladi. Shu bois ular yaqin kelajakda ishlatilishi ehtimoldan xoli emas.
«Mutatsiyani davom ettirayotgan virusning o‘ziga emas, balki organizmni himoya qilishga e’tibor qaratish orqali biz uzoq vaqtgacha samarali bo‘ladigan terapiyani ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik», — deya xulosa qildi tadqiqot qatnashchilaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi