11:00 / 06.05.2024
434

Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi
Foto: “TASS”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning bayonotlarini Napoleon va Gitlerning ambitsiyalari bilan solishtirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Fransiya prezidenti Rossiya Yevropaga tahdid solayotgani haqida bayonot bergandi. Lavrov bunga javoban Makron shunday “rusofobiya g‘ori” bilan Yevropa yetakchisi bo‘lishga intilayotganini aytdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronning bayonotini Napoleon va Gitlerning ambitsiyalari bilan solishtirib, Fransiya va Germaniya “o‘sha paytda Rossiyaga tahdid sifatida qaragani”ni aytdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqinda The Economist jurnaliga bergan intervyusida Rossiya Yevropa va birinchi navbatda Fransiya hamda Germaniya uchun asosiy tahdid ekanini taʼkidladi. Napoleon, keyin esa Gitlerning ham shunday ambitsiyalari Rossiyaga tahdid sifatida qarashlari bilan bog‘liq edi. Fransiya prezidenti fikriga uzoq izoh bermayman. U hozir eng keskin aksilrossiya pozitsiyasidan gapirayotgani aniq”, — dedi Lavrov.

Rossiya tashqi ishlar vaziri fransuzlarning Yevropa va jahondagi roli haqidagi daʼvolaridan xabardor ekanini aytdi.

Emmanuel Makron hozir “nafas olayotgan” mazkur “rusobofiya g‘ori” Yevropada yetakchi bo‘lishga urinish uchun zarurligini istisno qilmayman”, — dedi u.

Bundan tashqari, Lavrov Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg va Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Atlantika alyansi boshqa yetakchilarining bayonotlarini Napoleon va Gitler pozitsiyasi bilan solishtirdi.

Bir vaqtlar Yevropada shunday bo‘lgan. Yo Napoleon yoki Gitler bosib olingan Yevropa davlatlarini Rossiyaga, keyin esa Sovet Ittifoqiga qarshi urushga ko‘targan”, — deya xulosa qildi Lavrov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi