00:12 / 06.05.2024
78

Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Namangan viloyati, Uychi tumanida yashovchi 34 yoshli A.G‘. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 1 mln 075 ming so‘m pullari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Surxondaryo viloyati, Angor tumanida yashovchi muqaddam JKning 168-modda (firibgarlik) 3-qismi “a, g” bandlari bilan sudlangan 24 yoshli R.D. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, R.D., internet foydalanuvchilariga Telegram'da “Faqat arzon tovarlar” nomli akkaunt ochib, o‘zini “Kompyuter va telefonlar uchun kerakli asbob uskunalarni yetkazib beruvchi” sifatida tanishtirgan va mazkur tovarlar juda arzon ekanini aytib, ularni qiziqtirib, to‘lovlarni oldindan amalga oshirishlari kerakligini aytgan holda pullarini o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgandan so‘ng yozishmalarni o‘chirib yuborgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan R.D.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi