08:36 / 24.06.2021
2 571

Shimoliy Koreyada telefondan yashirincha foydalangan o‘n kishi qatl qilindi

Shimoliy Koreyada telefondan yashirincha foydalangan o‘n kishi qatl qilindi

KXDRda Janubiy Koreyadagi qarindoshlari bilan aloqada bo‘lib turish uchun Xitoy mobil aloqa tarmoqlaridan foydalanayotgan fuqarolar ta’qib qilinmoqda, deb yozadi Mirror nashri.

Nashrning ma’lumot berishicha, Shimoliy Koreyada tashqi olam bilan muloqot qilish uchun mobil aloqadan yashirincha foydalangan o‘n kishi qatl qilingan.

Xabarga ko‘ra, mamlakat hukumati va maxfiy politsiya mart oyida yashirincha kuzatish orqali yangi kampaniyani boshlaganidan so‘ng 150 nafarga yaqin fuqaro hibsga olingan. Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, reydlar davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada telefondan yashirincha foydalangan o‘n kishi qatl qilindi