Foto: © depositphotos
Italiyaning Abrutsso mintaqasidagi Pratola-Pelinya viloyatida uylarni bir yevro qiymatida sotish boshlandi. Bu haqda Idealista oldi-sotdi nashri ma’lum qilgan. Aholi punkti Adriatik dengizi va yirik chang‘i kurortlaridan 30 daqiqa uzoqlikda joylashgan.
Uylarni bunday arzon narhlarda sotishni viloyat rahbariyati tashlandiq uylarni qayta tiklash maqsadida uyushtirgan. Hammasi bo‘lib qishloqda 600 ga yaqin uy bo‘sh. Ushbu binolarning ko‘plab egalari uylar tashlandiq holatda bo‘lganligi sababli o‘z mulklaridan voz kechib ketishgan. Shuning uchun, ular uylarni ramziy qiymatda bir yevroga sotishga qaror qilishgan.
Ilk oldi-sotdi bitimlar iyul oyida imzolanishi ma’lum qilingan. Xaridorlar binoni uch yil ichida qayta tiklashlari kerak, shundan keyin ular binolardan turar joy yoki tijorat maqsadlarida foydalanishlari mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi