23:54 / 07.07.2021
2 833

Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etildi


Foto: Report.az
Quyoshda 3 iyul kuni  X-sinfidagi maksimal chaqnash hosil bo‘ldi. Bu 2017 yildan buyon eng yuqori daraja, deyiladi «FIAN» Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasi veb-saytida.

Quyosh chaqnashlari uning yuzasida qora dog‘lar hosil qiladigan magnit maydoni aylanib, energiya chiqara boshlagach, yuzaning qizib ketishi natijasida paydo bo‘ladi. Ular rentgen quvvati bilan baholanadi va beshta sinfga bo‘linadi: A, B, C, M va X. So‘nggi X sinf bu shkaladagi eng kuchli energiya ajralib chiqishini anglatadi.

Eng kuchli energiya 2003 yil noyabr oyida qayd etilgan — X28 darajada. Yangi qayd etilgan hodisa unchalik katta kuchga ega bo‘lmagan, ammo atmosferaning yuqori qismiga urilib, Atlantika okeanida qisqa to‘lqinli radioaloqalar uzilishiga olib kelgan.

«FIAN» Quyosh rentgen astronomiyasi laboratoriyasining ma’lumotlariga ko‘ra, chaqnash quyosh faolligining juda keskin o‘sishi natijasidir. Ushbu faollikning o‘sishiga oid hech qanday prekursorlar kuzatilmagan. Quyoshning qisqa vaqt ichida nisbatan tinch holatdan bunday keskin holatga o‘tishi kutilmagan va bashorat qilinmagan hol bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyoshda 2017 yildan buyon eng kuchli chaqnash qayd etildi