11:53 / 18.07.2021
2 531

Rimda havo sharlari ko‘tarib turuvchi ko‘prik paydo bo‘ldi


Rimda havo sharlari yordamida ko‘tarilib turuvchi 18 metrli ko‘prik paydo bo‘ldi. Bu haqda AFP agentlining Twitter’dagi sahifasiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

Tibr daryosi ustida joylashgan ko‘prik — bu vaqtinchalik installyatsiya hisoblanadi.

Haykaltarosh Olive Grossetaning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi installyatsiyani yaratishga uni Palatsso Farnezeni qarama-qarshi qirg‘oq bilan birlashtirishni istagan, biroq o‘z loyihasini amalga oshirishga ulgurmagan Mikelanjelo ilhomlantirgan.
18 metrli konstruksiya geliy bilan to‘ldirilgan uchta havo shariga ilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning avgustida Tayvanda o‘tkazilgan havo sharlari festivalida varraklardan biri uch yoshli qizaloqni o‘zi bilan osmonga uchirib ketgandi. Bolakay ulkan varrakning iplariga o‘ralib qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rimda havo sharlari ko‘tarib turuvchi ko‘prik paydo bo‘ldi