00:13 / 20.07.2021
3 049

Erdo‘g‘on «Tolibon»ni Afg‘onistondagi bosqinchilik harakatlariga chek qo‘yishga chaqirdi


Foto: Global Look Press
«Tolibon» Kobul aeroportining Turkiya kuchlari tomonidan muhofaza qilinishiga qarshi emas. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi matbuot anjumanida shunday fikr bildirib o‘tdi, deb yozmoqda «TASS».

«‘Tolibon’ Turkiya kuchlarini Afg‘onistonda ko‘rishni xohlamasligi haqida birorta bayonot bo‘lmagan. ‘Tolibon’ ushbu masala bo‘yicha Turkiya ma’muriyatining pozitsiyasini juda yaxshi biladi. Bizning ma’lum rejalarimiz bor va ularga sodiq qolamiz. Umid qilamizki, ‘Tolibon’ bilan muzokaralar olib boramiz», — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Bundan tashqari, u «Tolibon»ning Afg‘onistondagi hududlarni «bosib olish harakatlari»ni noto‘g‘ri deb atadi va ularga chek qo‘yishga chaqirdi.

Amerika prezidenti Jo Bayden AQSH Qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi operatsiyasi tugagani va qo‘shinlarni olib chiqmoqchiligi haqida e’lon qilganidan so‘ng, mamlakatda vaziyat keskin yomonlashdi.

Pentagon 13 iyul kuni xabar qilishicha,  Afg‘onistondan Amerika harbiylarining 95 foizdan ko‘prog‘i olib chiqildi. Bunga parallel ravishda «Tolibon» vakillarining so‘zlariga ko‘ra, harakat respublika hududining 85 foizini, shu jumladan beshta mamlakat — Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan chegaradosh hududlarni o‘z nazoratiga olishga muvaffaq bo‘lgan.

13 iyul kuni «Tolibon» Afg‘onistondagi Turkiya qo‘shinlari yuzasidan rasmiy bayonot bergani xabar qilingandi. Unda «Tolibon» Turkiyani Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib ketishi haqida qat’iy ogohlantirgan.
Iyun oyi boshida «Tolibon» vakili AQSH va «Tolibon» o‘rtasidagi kelishuv doirasida Turkiya ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerakligini aytgandi.

«Tolibon» Anqaraning o‘z qo‘shinlarini Kobul aeroportini qo‘riqlash uchun qoldirish haqidagi takliflariga shu tarzda javob qaytargan. Shunga qaramay, Turkiya Kobul xalqaro aeroportida nazorat va xavfsizlik uchun o‘z harbiylarini qoldirishini e’lon qildi.

Avvalroq AQSH va Turkiya Kobul aeroportining xavfsizligini ta’minlashga kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Afg‘onistondagi NATO missiyasi tugagandan so‘ng Turkiya harbiy kuchlari Kobul aeroporti xavfsizligini ta’minlashda yetakchi rolni egallaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on «Tolibon»ni Afg‘onistondagi bosqinchilik harakatlariga chek qo‘yishga chaqirdi