Foto: Reuters
Blue Origin kompaniyasi asoschisi, milliarder Jeff Bezos NASA rahbari Bill Nelsonga ochiq xat yozib, o‘z kompaniyasining Oy dasturida ishtirok etishi evaziga loyiha xarajatlarini qoplashni taklif qildi. Maktub Blue Origin veb-saytidagi blogda joylashtirilgan.
Bezosning taklifiga binoan Blue Origin joriy moliya yilida va keyingi ikki yilda ikki milliard dollargacha bo‘lgan barcha xarajatlarni qoplaydi. «Ushbu taklif to‘lovlarni kechiktirishni emas, balki ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va doimiy ravishda voz kechishni anglatadi. Ushbu taklif hukumatga mablag‘ ajratish bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtirish uchun vaqt beradi», — deyiladi ochiq xatda.
Taklifga qo‘shimcha ravishda, Blue Origin o‘z mablag‘lari hisobidan Oyga xavfsiz yo‘lni topishga mo‘ljallangan qurilmani (pathfinder mission) ishlab chiqishga va uni quyi Yer orbitasiga chiqarishga hissa qo‘shadi.
Bundan tashqari, kompaniya o‘zgarmas narx bilan shartnoma tuzishga tayyor, bu esa NASA’ni hamkorlik bahosining oshishi bilan bog‘liq muammolardan himoya qiladi.
Aprel oyi boshida NASA Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi bilan Oyga qo‘nish qurilmasini ishlab chiqish va qurish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Biroq Blue Origin va tenderning yana bir ishtirokchisi Dynetics bu qarorga qarshi chiqdi. Natijada 1 may kuni shikoyat AQSH Bosh nazorat idorasida ko‘rib chiqilgunga qadar SpaceX bilan shartnoma to‘xtatildi. Nizolarni 4 avgustgacha hal qilish kutilmoqda.
Bezos Nelsonga yo‘llagan maktubida NASA ikkita emas, bitta pudratchini tanlab, raqobatbardosh bo‘lmagan muhit yaratganini ta’kidlaydi. Blue Origin rahbarining so‘zlariga ko‘ra, raqobat pudratchining NASA’ga «qarama-qarshi ta’sir» qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Raqobat bo‘lmagan taqdirda, NASA’ning Oyga oid ambitsiyalarini keyinga qoldirishga to‘g‘ri keladi, bu esa yanada ko‘p xarajat talab qiladi va AQSHning milliy manfaatlariga xizmat qilmaydi, deb yozadi Bezos.
Shuningdek, u SpaceX tanlovda qatnashgan yagona kompaniya ekanini eslab, unga g‘olib e’lon qilinmasdan oldin o‘z shartnomasining qiymatini qayta ko‘rib chiqish taklif qilinganini aytdi. Blue Origin’ga bunday imkoniyat taklif qilinmagan. «Bu xato edi, bu noodatiy edi va boy berilgan imkoniyat edi. Ammo uni tuzatish uchun hali kech emas», — deb yozgan Bezos.
Eslatib o‘tamiz, Jeff Bezos 5 iyul kuni Amazon rahbari lavozimidan ketdi. Endilikda u boshqa loyihalarga, xususan, Blue Origin kompaniyasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqchi. 20 iyul kuni Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi