4 166
Germaniyada nafaqaxo‘r erkakning uyi yerto‘lasidan Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli tank topildi
Foto: Die Welt
Germaniyaning Xaykendorf shahrida yashovchi nafaqaxo‘rning uyidan «Pantera» tanki, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli zenit quroli, torpedo va o‘q-dorilar topildi.
Hozirda Germaniya hukumati 84 yoshli erkakka qanday jazo qo‘llashni hal etmoqda: prokuratura unga shartli jazo va 500 ming yevro jarima belgilashni taklif qilgan, sud hamda himoya esa 50 ming yevrolik jarimani yetarli hisoblamoqda, deb xabar beradi Motor.
Nafaqaxo‘rning uyidagi tintuv san’at asarini o‘g‘irlashda gumonlangani sabab o‘tkazilgan. Biroq natijada qurollar topilgan, yerto‘lada esa haqiqiy tank — «Pantera» joylashgan. Germaniya harbiylarining o‘lchovlari bo‘yicha bu kabi tank o‘rtacha hisoblanadi, sovet hujjatlarida esa model og‘ir sinfga kiritiladi.
Turar joy binosi yerto‘lasidagi tankni chiqarib olish uchun 20 nafar askar jalb etilgan. Ular tankni tashqariga chiqarib olish va evakuatorga yuklash uchun to‘qqiz soat vaqt sarflagan. Harbiy texnikaning tashqi ko‘rinishi yaxshi saqlangan, faqat gusenitsasidan tashqari.
Hozirda nafaqaxo‘r harbiy qurol-yaroqlar aylanmasida sud qilinmoqda. Erkakning himoyachisini ta’kidlashicha, qurollar o‘z funksiyasini bajarishga qodir emas, tank esa metallolom uchun xarid qilingan.
Mazkur harbiy texnikalarga AQSHdagi muzey vakillari ham qiziqish bildirgan, zenit qurolini esa Germaniyadagi xususiy kolleksionerlardan biri xarid qilmoqchi. Sud qaroriga ko‘ra, avgust oyida potensial xaridorlar «dalillar»ni sotib olishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi