Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari iskanjasida qolgan viloyatlar falokat hududi deb e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi. Gap Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la va Usmoniya viloyatlari to‘g‘risida ketmoqda.
«Biz mamlakatimiz yarasini tuzatish va zararni qoplash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishda davom etamiz», — deb yozdi u.
Turkiya o‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat hududida 28 iyuldan 31 iyulgacha 98ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, ulardan 88tasini o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan.
Erdo‘g‘anning vakili Ibrohim Qalin yong‘inlarni Turkiyaning milliy falokati deb atadi. U prokuratura yong‘inlarning kelib chiqish sababini o‘rganayotganini aytdi.
Yong‘inlar oqibatida Antalyada uch, Marmarisda bir kishi halok bo‘lgan, 138 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda