15:56 / 15.08.2021
2 045

«Tolibon» o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslikni buyurdi

«Tolibon» o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslikni buyurdi
Foto: Reuters
«Tolibon» harakati o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslik haqida buyruq berdi. Bu haqda tashkilot rasmiy vakili Zabixulla Mujohid ma’lum qildi.

«Biz jangchilarimizga Kobul darvozasi oldida qolishni va shaharga hujum qilmaslikni buyurdik», — dedi u.

Afg‘onistonning 1TV telekanali axborotiga ko‘ra, «Tolibon» rahbariyati o‘z otryadlariga Kobul chegarasidan ichkariga kirmaslik haqida farmon bergan. Ayni paytda «Tolibon» «mamlakat hukumati bilan harakat otryadlarining shaharga tinch yo‘l bilan kirishi haqida muzokaralar olib bormoqda, deyiladi telekanal xabarida.

Ayni vaqtda mamlakat prezidenti ma’muriyati esa Kobul hujumga uchramagani va shahardagi vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, «Tolibon» harakati vakillari ayni paytda Afg‘onistondagi barcha chegara punktlarini nazorat qilmoqda.
AQSH, Buyuk Britaniya va Chexiya Kobuldagi elchixonalari xodimlarini evakuatsiya qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» o‘z jangarilariga Kobulga hujum qilmaslikni buyurdi