15:05 / 24.08.2021
4 003

«Tolibon»ning Afg‘onistonni boshqarish uslubi ma’lum bo‘ldi

«Tolibon»ning Afg‘onistonni boshqarish uslubi ma’lum bo‘ldi
Foto: Kommersant
«Tolibon» Afg‘onistonni boshqarish uchun 12 kishidan iborat kengash tuzadi. Bu haqda Foreign Policy jurnali xabar bermoqda.

Kengashning eng nufuzli uch kishisi Abdul G‘ani Barodar (siyosiy ishlar bo‘yicha Tolibon boshlig‘ining o‘rinbosari), Muhammad Yoqub (Tolibon boshlig‘ining harbiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari) va Xalil al-Rahmon Haqqoniy («Haqqoniy tarmog‘i»ning yuqori martabali a’zosi) bo‘ladi.

Tolibon prezidentlik lavozimini yoki boshqa yagona rahbarni qayta tiklamoqchi emas, lekin ayni paytda oldingi hukumat a’zolariga yangi kengashda o‘rinlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Shunday qilib, Tolibon inklyuziv boshqaruv organini yaratmoqchi.

Nashrning xabar berishicha, toliblar Ahmad Mas’udni ham hukmron kengashda ko‘rishni xohlashadi. Biroq, Panjsher viloyatida joylashgan toliblarga qarshilik kuchlariga Mas’udning rahbarlik qilishi uning kengashga kirishini dargumon qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon»ning Afg‘onistonni boshqarish uslubi ma’lum bo‘ldi