09:00 / 27.08.2021
2 951

Kobulda yana uchta portlash sodir bo‘ldi

Kobulda yana uchta portlash sodir bo‘ldi
Foto: AFP
Afg‘oniston poytaxtida yana uchta portlash sodir bo‘ldi. Uchinchi portlash to‘g‘risida Turkiyaning TRT telekanali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Kobul aeroporti yaqinidagi Puli-Suxtab tumanida portlovchi moddalar to‘ldirilgan avtomobil havoga uchgan. Portlashdan so‘ng otishma ovozi eshitilgan.

Al Arabiya telekanali esa Kobul atrofida yana ikkita portlash amalga oshirilgani haqida xabar qildi.

Avvalroq Kobulda ikkita portlash sodir bo‘lgandi - biri aeroportga kirish qismida va ikkinchisi aeroport yaqinidagi mehmonxona oldida. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 40 dan ortiq kishi halok bo‘lib, 130 dan ortiq kishi yaralangan.

ISHID ushbu hujumlar uchun javobgarlikni zimmasiga oldi va navbatdagi teraktlar bilan tahdid qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kobulda yana uchta portlash sodir bo‘ldi