08:00 / 09.09.2021
2 284

Dilerlik markazidan yangi Chevrolet Corvette o‘g‘irlab ketildi

Dilerlik markazidan yangi Chevrolet Corvette o‘g‘irlab ketildi
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Chevrolet’ning Virjiniyada joylashgan dilerlik markazida sodir bo‘lgan o‘g‘irlikning videosi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Motor.

Avtosalon xodimlaridan biri tomonidan tasvirga olingan kadrlardan ko‘rish mumkin, noma’lum erkak qizil Corvette’ni o‘t oldirgan va hech narsaga e’tibor qilmay ko‘rgazma zali hududidan chiqib ketgan. Ammo o‘g‘ri uzoqqa qochishga ulgurmagan: bir necha daha narida erkakni politsiya qo‘lga olgan.

Ko‘ngilsiz hodisa dilerlik markazining ko‘rgazma zaliga joylashtirilgan yangi sportkarning taqdimoti vaqtida sodir bo‘lgan. Corvette C8 uchun test-drayv nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, uning kaliti salonda bo‘lgan. Jinoyatchi esa bundan foydalanib, osonlikcha zaldan chiqib ketgan.

Dilerlik markazi xodimlari mashina o‘g‘risini to‘xtatishga uringan. Ammo erkak ularga e’tibor bermasdan, avtosalon hududi bo‘ylab bir necha metr yurgan va keskin tezlanish olib, shossega chiqib olgan. Avtosalon xodimlari zudlik bilan holat haqida politsiyaga xabar bergan va u qo‘lga olingan.

Chevrolet Corvette C8 2019 yilda taqdim etilgan. Modelga 490 ot kuchini taqdim etishga qodir 6,2 litrli V8 o‘rnatilgan. Agregat sakkiz pog‘onali robot uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Superkarning soatiga 100 kilometr tezlikka erishishi uchun 2,9 soniya kifoya. Ayni vaqtda AQSHda mazkur kupe narxi 61 ming dollarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dilerlik markazidan yangi Chevrolet Corvette o‘g‘irlab ketildi