12:13 / 14.09.2021
677

Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi

Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi
Foto: Depositphotos
Misrda bir necha oy ichida sayyohlar uchun ikkita yangi shahar ochiladi. Bu haqda mamlakat Turizm vazirligi rahbari Xolid al-Ananiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Kelgusi bir necha oy ichida biz ikkita butunlay yangi sayyohlik shahri ochishni rejalashtirmoqdamiz. Ulardan biri shimolda Qohiradan tahminan 100 kilometr uzoqlikda, Qizil dengizga yaqinroqda bo‘ladi. Shahar Al-Galala deb nomlanadi», — deya al-Anani u yerda yaxtalar uchun jihozlangan bandargoh borligini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, ikkinchi shahar O‘rta Yer dengizi sohilida, Iskandariya yaqinida joylashgan bo‘ladi va u Al-Alamin deb ataladi. Vazir chet elliklar orasida mashhur bo‘lgan Xurgada va Sharm ash-Shayxdan tashqari Misrda yana boshqa «juda mashhur sayyohlik shaharlari» borligini eslatib o‘tdi: Marsa al-Alam, Taba, Nuveyba va Safaga. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular juda katta sayyohlar oqimini qabul qilmoqda.

Turizm vazirligi rahbari, shuningdek, rasmiylar Misrning barcha sayyohlik zonalari va shaharlarini transport yo‘nalishlari, jumladan, arzon reyslar, tezyurar yo‘llar va temir yo‘llar bilan bog‘lashni rejalashtirayotganini ta’kidladi. «Asosiy maqsad — sayyohlarning ushbu shaharlarga tashrif buyurishi hamda bir emas, ko‘p marta kelishi uchun imkoniyat yaratish»,—deb tushuntirdi al-Anani.

Aprel oyida Zaxi Xavass boshchiligidagi misrlik arxeologlar Luksor (Misrning janubidagi shahar) yaqinidan qum ostiga ko‘milib ketgan uch ming yillik shaharni topgandi. Shaharga Misrning eng buyuk hukmdorlaridan biri, eramizdan avvalgi 1391—1353 yillarda mamlakatni boshqargan 18-sulolaning to‘qqizinchi hukmdori Amenxotep III tomonidan asos solingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Misrda sayyohlar uchun ikkita yangi turistik shahar ochiladi
[/banner_pushhouse