21:25 / 14.09.2021
2 296

Bahodir Ahmedov: Hech narsa yo‘qotilmadi

Bahodir Ahmedov: Hech narsa yo‘qotilmadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov Gvatemalaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘lim juda yomon o‘yin ko‘rsatdik, ayniqsa, himoyada. Buni ta’riflab bo‘lmaydi. Yigitlar hayajonlandimi, tushuna olmadim. Ikkinchi taymda shogirdlarim yaxshi harakat qildi. 1:4ni 4:4ga aylantira oldik. Vaziyatlar bo‘ldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. So‘nggi soniyalarda omad raqibga kulib boqdi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin yigitlar tushkunlikka tushib qolmadi. Oldinda ikkita o‘yin bor. Keyingi bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hech narsa yo‘qotilmadi. Ikki uchrashuvda ko‘proq himoyaga e’tibor beramiz. Sababi, Gvatemalaga qarshi bellashuvda mudofaada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik
", - dedi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamizni oldinda Rossiya va Misrga qarshi ikkita o‘yin kutib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bahodir Ahmedov: Hech narsa yo‘qotilmadi