Foto: «Daily Mirror»
AQSHning Merilend shtati fuqarosi, sakkiz marta buvi bo‘lish sharafi nasib etgan Keti Patten qariyb bir soat jonsiz yotdi va qizi nabirasini dunyoga keltirishidan oldin tirildi. Bu haqda Daily Mirror xabar bermoqda.
Pattenga shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilib, qizi Steysi Fayfer farzandli bo‘layotganini xabar berishganida golf o‘ynayotgandi. Ayol tug‘uruq paytida qizini qo‘llab-quvvatlash uchun shu zahoti Fayferning yoniga shoshildi. Ammo shifoxonaga yetib kelganidan so‘ng kutilmaganda yurak xuruji yuz berdi.
Shifokorlar ayolni tez yordam bo‘limiga olib ketishdi. Pattenga sun’iy nafas yuborishdi va kislorodli niqob taqishdi. Shifokorlarning xatti-harakati kerakli natija bermadi. Ayol 45 daqiqa klinik o‘lim holatida yotdi — uning yuragi urishdan to‘xtagandi.
Xuddi shu payt Pattenning qizi shoshilinch Kesar kesishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Fayferni operatsiya qilishdan oldin onasi birdan hushiga keldi. Tirilgan ayol qizining xonasiga shoshildi va ko‘p o‘tmay nabirasi dunyoga keldi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Alora deb ism qo‘yishdi.
«Menga yana bir imkoniyat bergani uchun minnatdorman. Endi eng yaxshi buvi bo‘laman. Qaytish — bu yashashga bo‘lgan ikkinchi imkoniyat va bu juda katta mas’uliyatdir», — dedi Patten. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi