Foto: AP
Pokiston Afg‘onistonning yangi hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Pokistonning Kobuldagi elchisi Mansur Ahmad Xon aytib o‘tdi.
«Biz, Afg‘oniston hukumatiga xavfsizlik xizmatini tayyorlashda yordam berishga tayyormiz. Ammo bularning barchasi Afg‘oniston hukumatiga bog‘liq», dedi diplomat.
Unga ko‘ra, Islomobod har qanday holatda agar «Tolibon» harakati buni istasa Kobulning ehtiyojlarini qondirishga tayyor.
Afg‘oniston masalasida Pokiston Xitoy va Rossiya hamkorlikda ishlamoqda. Xususan, 16 sentabr kuni Pokiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari Shoh Mahmud Qurayshi va Sergey Lavrov tomonidan tegishli bitim tuzilgan. Bundan tashqari, 21 sentabr kuni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay va Milliy yarashuv oliy kengashi rahbari Abdulla Abdulla Rossiya, Xitoy va Pokiston muzokarachilari bilan uchrashib, Afg‘onistondagi vaziyat, mamlakat kelajagi va davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi