Foto:donikroman/facebook.com
Ukraina armiyasi Donbassdagi janglar davomida ilk bor Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz parvoz qurilmalarini qo‘lladi. Bu haqda “5 kanal” ukrain telekanali xabar berdi.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev Rossiyani “ushlab turish” va o‘z hududini himoyalash uchun Turkiyadan zarbdor dronlarni sotib olganini ma’lum qilgan.
“Ukraina qurolli kuchlari Ukraina sharqida Turkiyada ishlab chiqarilgan Bayraktar TB2 dronlarini ilk bor qo‘lladi. Dronlar Donetsk oblastining Granitnoye qishlog‘i yaqinida otishma olib borgan Rossiya artilleriyasini yo‘q qilish uchun qo‘llangan”, deb aytilgan xabarda.
Avvalroq Bayraktar dronlari Donbassga yuborilgani ma’lum qilingan. Qurilmalar Ukrainaning Donbassdagi ixtilof vaqtida katta yo‘qotishlarga uchragan harbiy aviatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan.
2020 yil Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘da kechgan ixtilofda ham Bayraktar dronlari Boku tomonidan faol qo‘llangandi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Turkiya tomonidan Ukrainaga qurol berilishi Kiyevning kelgusida uni o‘z xalqiga qarshi qo‘llashiga olib kelishi mumkin.
Joriy yilning aprel oyida Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi harbiy amaliyoti hududida Bayraktar dronlari payqalgani ma’lum qilingandi.
Bayraktar dronlari 4 tagacha raketa bilan qurollanishi, havoda 12 soatdan 24 soatgacha qolishi va 8 kmgacha uzoqlikdagi nishonlarni mo‘ljalga olishi mumkin. Dron 2014 yilda Turkiya sharqida kurdlarga qarshi amaliyot vaqtida ilk bor qo‘llangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi