16:44 / 22.11.2021
1 573

AQSH dengiz piyodalari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortmoqda

AQSH dengiz piyodalari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortmoqda
Foto: EPA
AQSH dengiz piyodalari korpusining o‘n mingga yaqin harbiy xizmatchisi koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortgani uchun xizmatdan chetlatilishi mumkin. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

Qayd etilishicha, dengiz piyodalari orasida vaksinatsiya darajasi 94 foizni tashkil etadi, biroq bu raqam AQSH armiyasidagi eng past ko‘rsatkichlardan biridir. Masalan, Quruqlikdagi qo‘shinlarda askarlarning 95 foizi kamida bitta dozada COVID-vaksinasini olgan, dengiz flotida esa — 99,7 foizi.

Nashrning yozishicha, immunizatsiya bilan bog‘liq vaziyat korpus rahbariyatini xavotirga solmoqda, chunki har doim eng qattiq tartib-intizomga ega bo‘lgan dengiz piyodalari buyruqqa bo‘ysunmaslikka qaror qilgan.

AQSH Harbiy dengiz kuchlari vaziri Karlos del Toroning nashrga ma’lum qilishicha, emlanishdan bosh tortish holatlarining har biri alohida ko‘rib chiqiladi, koronavirusga qarshi emlash muddati tugagan kuni hech kim harbiylarni ishdan bo‘shatmaydi.

Avvalroq AQSH razvedkasining minglab xodimlari emlanishdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatilishi mumkinligi xabar qilingandi.

1 noyabr kuni Nyu-York shahrida 10 000 dan ortiq politsiya, o‘t o‘chiruvchilar va boshqa xodimlar shahar merining barcha shahar ishchilarini COVID-19 ga qarshi emlash bo‘yicha topshirig‘iga rioya qilmagani uchun haq to‘lanmaydigan ta’tilga jo‘natilgandi. Nyu-Yorkdagi 2,3 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi emlanishni istamayotgani uchun kasallik ta’tiliga chiqqan. Xodimlar yetishmovchiligi tufayli shahardagi 18 ta o‘t o‘chirish stansiyasi yopilgan.

Ma’lumot uchun, Pfizer yoki Moderna vaksinalarining ikkita komponentini yoki Johnson & Johnson preparatining bir dozasini olgan kishilar koronavirusga qarshi to‘liq emlangan hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH dengiz piyodalari koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortmoqda