11:33 / 02.12.2021
2 211

Bloomberg dunyoning eng obro‘li insonlar ro‘yxatini e’lon qildi

Bloomberg dunyoning eng obro‘li insonlar ro‘yxatini e’lon qildi
Bloomberg agentligi 1 dekabr kuni 2021 yil bo‘yicha dunyoning eng obro‘li insonlar ro‘yxatini e’lon qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, har yili taqdim etiladigan ro‘yxatga 2021 yilda erishgan yutuqlari «e’tirofga loyiq» bo‘lgan biznes, ko‘ngilochar, moliya, siyosat, fan va texnologiya sohalari vakillari kiritilgan.

Shunday qilib, Pfizer farmatsevtika kompaniyasi bosh direktori Albert Burla boshqalar qatori «Biznes» bo‘limiga kiritildi. Ma’lum qilinishicha, korxonaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda erishgan yutug‘i — COVID-19 ga qarshi vaksina bo‘yicha 36 milliard dollardan ortiq tuzgan bitimi hisoblanadi va u «yilning eng ko‘p sotilgan farmatsevtika mahsuloti»ga aylangan.

«Moliya» bo‘limiga, xususan, dunyoning eng badavlat insonlaridan biri, Amazon rabari Jeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott ham kiritilgan. U ajrashganidan so‘ng, 800 ga yaqin xayriya tashkilotlariga qariyb 8,6 milliard dollar xayriya qilib, eng saxiy filantrop nomiga ega bo‘lgan.

«Siyosat» bo‘limiga boshqalar qatori rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ham kiritilgan. «Kremlning ashaddiy tanqidchisi 10 oydan ortiq vaqtdan beri qamoqda saqlanmoqda», — deya ta’kidlaydi agentlik.

«Fan va texnologiya» bo‘limining boshida TikTok ijtimoiy tarmog‘ining bosh operatsion direktori Vanessa Pappas ko‘rsatilgan. Uning yutuqlari qatoriga birinchi yarim yillik davomida TikTok asosiy raqiblari Instagram (17,7 million) va Snapchat (14,2 million)ni qo‘shib hisoblaganda ham AQSHda eng ko‘p yuklab olingan (34,6 million) mobil dasturga aylangani ko‘rsatilgan.

«Ko‘ngilochar» bo‘limidan esa besh oylik sud jarayonlaridan so‘ng, noyabr oyida otasining vasiyligidan qutilgan qo‘shiqchi Britni Spirs o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bloomberg dunyoning eng obro‘li insonlar ro‘yxatini e’lon qildi