18:36 / 09.10.2024
66

Tushkunlik va xavotirni yengishda yordam beradigan 6 ta mahsulotni bilasizmi?

Tushkunlik va xavotirni yengishda yordam beradigan 6 ta mahsulotni bilasizmi?
Oziq-ovqat va ruhiy holat o‘rtasidagi bog‘liqlik bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, bunday izlanishlar stressning o‘chog‘ini va uni bartaraf qilish usullarini yoritmaydi. Masalan, “Stressni yengish uchun shokolad yoki baliq iste’mol qiling” degan maslahat amalda yordam bermaydi, chunki oziq-ovqatlarning stressga ta’siri klinik jihatdan juda kichikdir.

Agar biror shaxs kuchli tushkunlikni boshidan kechirayotgan bo‘lsa va bu holat uning hayotini sezilarli darajada salbiy tomonga o‘zgartirgan bo‘lsa, bemor turmush tarzini qayta ko‘rib chiqishi va psixolog yoki psixiatrga murojaat qilishi lozim, zero depressiya oziq-ovqatlar bilan davolanmaydi.

Shokolad

Foto: Adobe Stock
Shokolad shirinligi kortizol, ya’ni stress gormoni darajasini pasaytiradi. 60 nafar kishi ishtirokida tadqiqot olib borgan olimlar shunday xulosaga kelishgan. Ishtirokchilar ikki hafta davomida kuniga 40 gramm qora va sutli shokolad iste’mol qilgan. Natijada, shirinliklarni iste’mol qilganlarning stress darajasi pasaygan.

Aslida achchiq va qora shokoladlar eng foydalisidir, ammo tadqiqotlar sut mahsulotlari ham tashvishlarni kamaytirishini aniqladi. Demak, kayfiyatingiz tushganda o‘zingizni qora shokolad yeyishga majburlamay, sevimli sutli shokolad bilan tamaddi qilishingiz mumkin. Asosiysi, bu mahsulot yuqori kaloriyali ekanligini unutmang.

Losos balig‘i

Foto: Adobe Stock
Losos tarkibida ko‘plab ozuqaviy moddalar, jumladan D vitamini, EPA va DHA omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Ular organizmga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan dofamin va serotonin gormonlarini ishlab chiqarishga yordam beradi. D vitaminini iste’mol qilish neyrokognitiv disfunksiya xavfini — xotira, diqqat va nutq bilan bog‘liq muammolarni kamaytiradi.

Bergen universiteti tadqiqotchilari ma’lumotiga ko‘ra, besh oy davomida haftasiga uch marta Atlantika lososini iste’mol qilgan odamlar tovuq, mol go‘shti yeganlarga qilganlarga qaraganda kamroq stressni boshdan kechirgan. Bundan tashqari, ularning yurak urish tezligi yaxshilangan.

Avokado

Avokado stressni kamaytirishi haqida tadqiqot yo‘q, ammo ushbu meva magniy manbai hisoblanadi. Olimlar magniy moddasining yetishmasligi stressga moyillik oshishiga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi..

Yong‘oq

Foto: Adobe Stock
Amerikada o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijalariga ko‘ra, 16 hafta davomida har kuni taxminan 50 gramm yong‘oq iste’mol qilgan talabalar o‘zida quyidagi o‘zgarishlarni sezgan:

- Ishtirokchilarning ruhiy salomatlik holati yaxshilandi;
- O‘qish tufayli yuzaga kelgan stressning salbiy oqibatlari kamaydi va ichakdagi foydali bakteriyalarining xilma-xilligi oshdi;
- Uyqu sifati yaxshilandi.

Yogurt

Foto: Adobe Stock
Probiotikli yogurtlar ruhiy salomatlikni yaxshilashi mumkin. Kichik bir tajriba shuni ko‘rsatdiki, ayollarda bu mahsulot hissiyotlarni boshqaradigan miya qismiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yogurt uyqu sifati va yurak urish tezligining yaxshilanishiga hamda stress indeksining kamayishiga yordam beradi.

Ammo probiotiklarning aksariyati oshqozonda nobud bo‘ladi, shuning uchun yogurtning o‘zi stressga qarshi davo bo‘la olmaydi. Agar sizda depressiya belgilari bo‘lsa, psixoterapevtga murojaat qilish kerak.

Lavlagi

Ushbu sabzavot tarkibida magniy ko‘p bo‘lib, stressni kamaytiradi. Ammo insonning ruhiy holatiga juda ko‘p omillar ta’sir qiladi, shu sababli faqat lavlagi tarkibidagi magniy tushkunlikda yordam bermaydi. Bu haqiqatni tushunish juda muhimdir.

Ruhiy holat, Stressni yengish, Shokolad, Baliq, Yogurt

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tushkunlik va xavotirni yengishda yordam beradigan 6 ta mahsulotni bilasizmi?