date

Britaniya harbiylariga mashinada maxfiy mavzularda gaplashish taqiqlandi

Britaniya harbiylariga mashinada maxfiy mavzularda gaplashish taqiqlandi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilar uchun yangi xavfsizlik qoidalarini joriy etdi. Endilikda askarlar va ofitserlarga o‘z avtomobillarida rasmiy yoki maxfiy masalalarni muhokama qilish qat’iyan taqiqlanadi, deb xabar berdi Daily Mail.

Mazkur chora Xitoy josuslik faoliyati va tinglash qurilmalari orqali ma’lumotlar o‘g‘irlanishi ehtimoli tufayli joriy etilgan. Mutaxassislar fikricha, ayrim zamonaviy avtomobillar, xususan, Xitoyda ishlab chiqarilgan modellarda mikrofon, kamera va internetga ulangan sensorlar orqali suhbatlarni yozib olish yoki uzatish xavfi mavjud.

Nashr yozishicha, Britaniya armiyasining xizmat avtomobillarida endi maxsus ogohlantiruvchi stikerlar o‘rnatilgan. Ularda quyidagi yozuv mavjud:

“Avtomobilda RASMIY ma’lumotlarni muhokama qilishdan saqlaning.”

Mazkur yozuv qo‘shinlarni harbiy sirlarni himoya qilishga chaqiradi hamda harbiylar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan.

So‘nggi yillarda Britaniya hukumati Xitoy kompaniyalariga nisbatan bir necha bor axborot xavfsizligi choralarini kuchaytirgan. Masalan, ilgari Huawei uskunalarining 5G tarmoqlarida ishlatilishi cheklangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya harbiylariga mashinada maxfiy mavzularda gaplashish taqiqlandi