18:44 / 20.01.2025
151

Semizlikka olib keladigan mahsulotlar

Semizlikka olib keladigan mahsulotlar
Bugungi kunda ortiqcha vazn muammosi tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Semizlik bilan kurashishning uzoq davom etishi yoki biror parhezning natija bermaslik holatlari ham koʻpaymoqda. Mutaxassialar fikriga koʻra, bunga ba'zi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini beparvolik bilan iste'mol qilish sabab boʻladi.

Foto: iStock
Ularni uchta toifaga boʻlish mumkin:

Qayta ishlangan mahsulotlar — bu tabiiy holatidan oʻzgartirilgan va ishlab chiqarish jarayonida qoʻshimchalar, konservantlar, shakar, tuz yoki boshqa kimyoviy moddalar qoʻshilgan mahsulotlar. Ularga kolbasa, sosiska, dudlangan mahsulotlar, qandolat, konserva, yarim tayyor mahsulotlar, pechene kabilar kiradi.

Bu oziq-ovqatlarning aksariyati hech qanday ozuqaviy qiymatga ega emas, faqat ochlikni qondirish va taomdan zavqlanish uchun kaloriyalarga egadir. Ularda oddiy, tez eruvchan uglevodlar hamda juda koʻp miqdorda zararli yogʻlar mavjud. Hatto suli yormasiga ham shirin ta'm beruvchilar qoʻshiladi.

Ichimliklar. Aksariyat odamlar bu turdagi ichimliklar kaloriyasini hisoblamaydi va beparvo qaraydi, ammo bir stakan makiato qahvasi kunlik ratsionining yarmini tashkil etadigan 700 dan ortiq kaloriyani oʻzida saqlashini hisobga olmaydi.

Foto: iStock
Bundan tashqari, qaymoq, shakar, shokolad va boshqa qoʻshimchalar qoʻshilgan qahva, choy, qadoqlangan sharbatlar, gazlangan ichimliklar ham katta kaloriyalar zaxirasini oʻzida saqlaydi.

Foydali ichimlik deb hisoblangan smuzilar ham shular jumlasidandir. Ular butun holatdagi mevalarni iste'mol qilishning oʻrnini bosa olmaydi, chunki biror mevani chaynash uchun ham energiya sarflanadi. Xuddi shunday qoida yangi siqilgan meva sharbati uchun ham tegishli: bir stakan apelsin sharbati bir stakan Coca-Coladan koʻra koʻproq kaloriyani oʻz ichiga oladi.

PP mahsulotlar — bu “pravilnoye pitaniye” (“toʻgʻri ovqatlanish”) tamoyillariga mos keladigan, foydali va sogʻlom ovqatlar hisoblanadi. Ular asosan tabiiy, minimal darajada qayta ishlangan va muvozanatli tarkibga ega boʻladi. Bunday mahsulotlar organizm uchun zarur boʻlgan vitaminlar, minerallar, oqsillar, sogʻlom yogʻlar va murakkab uglevodlar bilan boy boʻladi.

Foto: iStock
Biroq ularning miqdorini nazorat qilmasdan, koʻp miqdorda iste'mol qilinsa, ortiqcha vazn toʻplanishiga olib kelishi mumkin. Masalan, foydali va parhezbop shokolad, fitness-batonchik, quritilgan mevalar, asal va boshqalar.

Hozirgi vaqtda bunday parhez mahsulotlari iste'molida odamlar oʻzini cheklamasliklari muammoga aylangan. Shu sababli diyetologlar har qanday mahsulotda me'yorga amal qilish lozim ekanligini bot-bot takrorlaydi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali