13:40 / 17.02.2018
10 864

Qomatingizga qarab xarakteringizni aniqlaymiz

Qomatingizga qarab xarakteringizni aniqlaymiz
Hech e’tibor berganmisiz, trenajyor zalida bir xil mashqlarni bajarayotgan va bir xil parhez tutayotgan ikki insonning biri tezda ozib ketadi-yu, ikkinchisi bir kilo vazn ham yo‘qotmaydi. Buning aybdorlari genetika va gormonlar ekan. Biroq hamma ham ozishi mumkin: faqat o‘z qomatingiz turini aniqlab, nutritsionist va murabbiy Barbara Shmidtning tavsiyalariga quloq tutish kifoya.

Barbara Shmidt — nutritsionist, AQShning Konnektikut shtatida joylashgan «Norwalk Hospital» shifoxonasida ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis lavozimida ishlaydi.

Har bir ayolning ichki sekretsiya bezlari tabiatan boshqalarga qaraganda faolroq bo‘ladi. Bu esa moddalar almashinuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, tashqi qiyofada o‘z aksini qoldiradi. Aynan shuning uchun ham nozik xilqat vakillarining qomati to‘rtga bo‘linadi. Bu klassifikatsiya mutlaq emas (gormonlar juda murakkab soha), biroq sinchiklab o‘rganib chiqilsa, qaysi tipga mansubligingizni anglab olish qiyin emas.

OLMA ShAKLIDAGI QOMAT
Tashqi belgilari. Tanasining yuqori qismi pastkisidan kattaroq bo‘ladi. Keng yelkalar, kichkina bo‘ksa, kuchli qo‘l va oyoqlar sohibasi. Terining rangi tabiatan toza, sellyulitga moyillik yo‘q. Ko‘ksi, qo‘l va qornidan semira boshlaydi. Istasa, go‘zal qomat sohibasiga aylanishi mumkin.

Psixologik portreti. Odamlarni ortidan ergashtira oladigan yetakchi, qarorlarni bir zumda qabul qiladi, hadeb maslahat berishlarini yoqtirmaydi, doim mas’uliyatni o‘z bo‘yniga oladi. Ishda ham, sport yoki ovqatda ham me’yor nimaligini bilmaydi.

Ustunligi. Garchi semirishga moyil bo‘lsa ham qomatini tik turib yurishni boplaydi. Bundan tashqari, terisi toza va sellyulitga moyil emas.

Kamchiligi. Agar semirib ketsa, haqiqiy bokschi erkaklarga o‘xshab ketadi. Muskullari bilinib turgan yelkalariga ingichka bo‘ksa va kalta bo‘yinlar yarashmaydi.

TO‘G‘RI TO‘RTBURChAK ShAKLIDAGI QOMAT

Tashqi belgilari. Xuddi o‘smirlarniki kabi bo‘ksasi ingichka, bel alohida ajralib turmaydi. Kichkina qo‘llar, kalta oyoq va dumaloq bosh sohibasi. Suyaklar ingichka, bel uzun, bo‘ksasi uncha ko‘zga tashlanmaydi. Semirishga moyil emas. Agar shunday bo‘lgan taqdirda ham birinchi bo‘lib qorni to‘lishadi.

Psixologik portreti. Ma’naviy olami boy, adabiyot va san’atga qiziqadi, biroz odamoviroq. Bu odam isi yoqmasligidan emas, o‘ziga bo‘lgan ishonchi pastligidan. Gohida xayolot olamiga shunchalik kuchli sho‘ng‘iydiki, nafaqat atrofdagilar fikri, balki tanasining ehtiyojlarini ham esdan chiqaradi.

Ustunligi.
Yog‘larning tana bo‘ylab to‘g‘ri taqsimlanishi hisobiga uzoq vaqt qomati ideal bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ozgan taqdirda ham qoqsuyak bo‘lib ko‘rinmaydi.

Kamchiligi.
Semirib ketsa, beli yo‘qolib qoladi. Limfa tizimidagi kamchiliklar bois terida qizarishlar paydo bo‘ladi.

NOKSIMON ShAKLDAGI QOMAT
Tashqi belgilari. Klassik ayollar qomati. Tananing yuqori qismi ingichka, pastki qismi esa do‘mboq bo‘ladi. Aynan bo‘ksa va sonlar birinchi bo‘lib semirishni boshlaydi.

Psixologik portreti. Mehribon, ko‘ngli bo‘sh, ta’sirchan ayol. Atrofdagilar bilan tez va oson muloqotga kirishadi, odamlarning munosabatini sezish qobiliyatiga ega. Moddalar almashinuvining sekinlashishi tashqi beparvolikni keltirib chiqaradi. Biroq bu aldamchi hissiyot, u ichki tuyg‘ular bo‘ronini yashirayotgan bo‘lishi mumkin.

Ustunligi. Hatto juda semirib ketsa ham ishtahasi karnay xonimning qorni eng oxirida to‘lishadi.

Kamchiligi. Semirishga va sellyulitga moyil. O‘smirlik chog‘laridanoq do‘mboq bo‘ladi. Ularning aksariyati homiladorlik paytida juda semirib ketadi.

QUMSOAT ShAKLIDAGI QOMAT
Tashqi belgilari. Xuddi qumsoat shaklidagi qomat. Semira boshlasa, birinchi bo‘lib qorni va bo‘ksasi to‘lishadi, boshqa joylari ozg‘inligicha qolaveradi.

Psixologik portreti. Xushchaqchaq, tasavvur olami keng, gap kelganda otasini ham ayamaydigan, barchani hayratda qoldirishdan charchamaydigan ayol.

Ustunligi. Agar bunday qomatli ayol semirishga moyil bo‘lmasa, ideal darajadagi ko‘rinishga erisha oladi.

Kamchiligi. Nozik joyi — muskullari (ularning to‘lishishi eng oxirida kuzatiladi) va o‘ta nimjon suyaklari. Terisi yupqa, quruq, tonus paydo bo‘lishi ham mumkin. Sellyulitga moyilligi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qomatingizga qarab xarakteringizni aniqlaymiz