Alloh taolo marhamat qilib aytadi: “Ularning yonboshlari oʻrin-toʻshakka yetmaydi” (“Sajda” surasi, 16-oyat).
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: “Kechalari qoim boʻlingiz! Zero, kechasi turish sizlardan avvalgi solihlarning odatlaridan edi. U Parvardigoringizga yaqin qiladi. Yomonliklarning magʻfirat boʻlishiga olib keladi va yaramasliklardan qaytaradi” (Imom Termiziy rivoyati).
Hasan Basriy aytadilar: “Kechasida turib oʻqilgan namozdan ham ogʻirroq ibodatni bilmayman”. Undan soʻrashdi: “Nima uchun kechasi turib tahajjud oʻquvchilarning yuzlari odamlar orasida eng goʻzalidir?” U zot javob berdilar: “Ular tunda Rahmon bilan yolgʻiz qolishadi va Alloh ularga Oʻz nuridan inʼom etadi”.
Biling! Kechada qoim boʻlish juda ogʻir, magaram, qoim boʻlish shartlari muyassar boʻlgan kishigina kechalari turishga muvaffaq boʻladi.
Bu sabablarning baʼzilari zohiriy, baʼzilari botiniydir.
Zohiriy sabablar:
– Koʻp taom yemaslik. Baʼzilar aytadi: “Ey muridlar jamoasi! Ziyoda taom yesangizlar, ortiqcha suv ichasizlar, bas, koʻp uxlaysizlar. Natijada ortiqcha pandu-pushaymon boʻlasizlar”.
– Ogʻir ish bilan kunduzi oʻzini toliqtirmaslik.
– Kunduzi qaylula – bir oz orom olishni tark etmaslik, zero, u kechasi qoim boʻlishda yordam beradi.
– Gunohlardan ehtiyot boʻlish. Imom Savriy aytadi: “Bir gunohim sababidan besh oy kechalari turishdan mahrum boʻldim”.
Botiniy sabablar:
– Musulmonlarga hasad etish va ularni koʻrolmaslik kabi illatlardan qalbning salim boʻlishi. Uni bidʼat va zalolatdan xoli etish. Ortiqcha dunyo hojatidan qalbni eʼtiroz etish.
– Doimiy xavf – umidning ozligi qalbda boʻlishi.
– Kechasi qoim boʻlish fazlini bilish.
– Alloh yoʻlidagi muhabbat va iymon quvvati eng sharafli boislardandir, chunki Parvardigorga munojot etuvchi kechasi qoim boʻlsa, U Zot hozir va unga shohiddir. Bas, munojoti uni tun boʻyi ragʻbatlantiradi.
Abu Sulaymon rahmatullohi alayh aytadilar: “Tun ahli oʻz kechalarida oʻz dilxushligida boʻlgan oʻyin ahlidan koʻra koʻproq lazzatda boʻladilar. Tun boʻlmasa, dunyoda yashashni istamas edim”.
Imom Muslimning “Sahih”larida Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat etilgan ushbu hadisda u zot alayhissalom marhamat qildilar: “Kechada duolar ijobat boʻladigan shunday bir soat borki, agar musulmon bandaning duosi shu soatga toʻgʻri kelib qolsa, tilagan yaxshi tilagini Alloh unga ato etadi. Bu soat har tunda boʻladi”.
Kimning kechasi qoim boʻlib ado etadigan ibodati boʻlsa, uni tark etishdan ehtiyot boʻlsin. Ikki “Sahih”da rivoyat boʻlganki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Amrga bunday deb marhamat qildilar: “Kechasi qoim boʻlib, soʻng unda turishni tark etgan falonchiga oʻxshama”.
Voxidov MIRSOBIT Toshkent viloyati Piskent tumani
“Mulla Boʻta Qozi” jome masjidi imom-xatibi
“Mulla Boʻta Qozi” jome masjidi imom-xatibi
Manba: fitrat.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?