4 470
Salomatlikni saqlash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishning oson yo‘li ma’lum qilindi
Kopengagen universiteti olimlari chidamlilikka jismoniy mashqlar, jumladan velosiped haydash visseral (ichki organlarni atrofidagi) yog‘ hajmining kamayishida muhim rol o‘ynovchi va yurak-tomir kasalliklari xatarini kamaytiruvchi interleykin-6 sintezida yordam berishini aniqlashdi.
Olimlar olib borgan 12 haftalik tadqiqotda har hafta 45 daqiqadan velomashqlar bilan shug‘ullangan 53 kishi qatnashgan. Ularga, shuningdek, vena tomirlari orqali platsebo sifatida fiziologik suyuqlik yoki interleykin-6 retseptoriga monoklonal antitanalar – totsilizumab yuborilgan. Totsilizumab revmatoid artritga qarshi qo‘llanadi va retseptorlar ishini bostirib, interleykin-6’ning yallig‘lanish jarayonlari paydo bo‘lishiga turtki beruvchi signal molekulasi sifatida ishlashiga qarshilik ko‘rsatadi. Visseral yog‘ magnit-rezonans tomografiya yordamida aniqlangan.
Platsebo olganlar guruhida visseral yog‘ hajmi 8 foizga (225 grammga) kamaygan. Biroq totsilizumab ta’siri mashqlar bajarishdan olinadigan samarani yo‘qqa chiqargan. Totsilizumab yuborilganlar guruhida yog‘ massasi, aksincha, platsebo olganlarga nisbatan 278 grammga ko‘paygan. Dori vositasi, shuningdek, umumiy va “yomon” xolesterin miqdorining oshishiga olib kelgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, interleykin-6 sog‘lom va kasal odamlar organizmida turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu molekula ham yallig‘lanishga olib keluvchi, ham yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsata oladi. Interleykin-6 darajasining surunkali tarzda oshishi o‘ta semiz, 2-turdagi qand kasalligi va yurak-tomir kasalliklariga ega bemorlarda kuzatiladi. Bundan tashqari, signal molekulasining ta’siri u joylashgan to‘qimalar turiga bog‘liq ravishda turlicha bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi