Ko‘pchiligimiz Ramazon oyi kirib kelganida “Ramazon oyi muborak bo‘lsin” deb, bir-birimizni tabriklaymiz, va bu tabrikka javoban rahmat, baraka toping ham deymiz, ammo “muborak” so‘zi “baraka” so‘zi bilan o‘zakdosh ekanligini ham, baraka so‘zining asl ma’nosini ham ko‘pchiligimiz bilmaymiz.
Keling, bugun shu so‘zning asl ma’nosini tushunib olaylik.
Baraka so‘zining arab tilida bir nechta ma’nosi bor:
1. Ko‘payish va o‘sish. Bu biror narsaning o‘sishi (نمو) va soni yoki hajmining ko‘payishidir (زيادة). Demak, biror narsada baraka bo‘lishi uning o‘sishi va ko‘payishini anglatadi.
Ba’zi odamlardan bir necha yillar oldin yuz ming so‘m pul bilan savdo boshlaganini, hozirda esa o‘nlab do‘konlari borligini yoki olgan ikkita qo‘yining orqasidan hozir yuzlab qo‘yi borligini eshitamiz. Mana shu barakaning namoyon bo‘lishidir.
2. Biror narsaning bardavom, to‘xtamay kelishi, go‘yoki yomg‘irning to‘xtamay yog‘ishiga o‘xshab. Ya’ni biror narsaning vaqtincha emas, ko‘p va bardavom bo‘lishi ham barakadandir,
3. Barakaning yana bir ma’nosi tuyalar bilan bog‘liqdir. Arablar tuyaning tizzalashi yoki cho‘kishini ham “baraka” deyishadi. Chunki tuya bir cho‘kkandan keyin uni o‘rnidan turg‘azish juda qiyinligini tuya mingan odamlar yaxshi bilishadi. Cho‘kkan tuya biror joyga ketib qolmaydi, ustidagi odam ham ustidan tushib ketmaydi. Baraka ham ana shunday barqarorlikni anglatadi, odamlarning qiziqishlari, biror yangi urf (moda) kabi tez kelib tez ketuvchi emas.
O‘z puli-moli va tadbirkorlik faoliyatida baraka his qilgan tadbirkorlar, ularga qandaydir bir ilohiy ne’mat berilganligi haqida gapirishadi.
Albatta, bu Allohning ne’mati-barakasidir va U ato etgan barakani o‘lchab ham, sanab ham, oxirigacha anglab, yetib ham bo‘lmaydi
Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ikki kishi o‘rtasidagi savdo-sotiq har ikkala tomon uchun ham, to ular bir-birlari birlan kelishib olguncha, ixtiyoriydir. Agar ular bir-birlariga rost so‘zlab, molning aybini yashirmasalar, g‘irromlik qilmasalar, bunday savdoda baraka bo‘lur, agar molning aybini yashirsalar va bir-birlarini aldasalar, savdolarida baraka bo‘lmas!»— dedilar». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi