
8 avgust — Xalqaro mushuklar kuni. Bu kunda uyimizdagi mexribon jonzotlarimizni erkalab, ular bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni ulashamiz. Biroq shunday paytlar ham bo‘ladiki, mushuk bizdan norozi bo‘lib qoladi, biz esa bundan bexabar qolamiz. Demak, mehr-oqibat kunida mushuk arazlab qolmasligi uchun uning norozilik belgilarini yaxshi anglay olishimiz kerak. Quyida, mushuk ranjiganda kuzatiladigan 5 ta aniq belgi va uning ko‘nglini olish yo‘llari keltiriladi.
Mushuk arazlaganini bildiradigan 5 belgi:
1. Yolg‘izlikka intilish. Agar mushuk sizdan uzoqlashib, ko‘zga tashlanmaydigan burchaklarda o‘tirsa — demak, u ranjigan. Bu harakati orqali “tinch bo‘lsang, keyin gaplashamiz” deb turgan bo‘ladi.
2. Erkalashni rad etish. Oddiy paytda ko‘nglini ko‘tarish uchun qo‘lga olib, silash mumkin bo‘lgan mushuk agar sizga erkalatishga ruxsat bermasa — albatta araz bor.
3. Bezovta tovushlar. Ovoz ko‘tarish yoki qattiq gapirganingizda, mushuk javoban bezovta tarzda miyovlaydi yoki pishillaydi. Bu — u siz bilan bunday muomalani xohlamayotganidan darak.
4. Ovqat va suvdan voz kechish. Agar sog‘lom mushuk taomga ham, suvga ham qiziqish bildirmasa, ehtimol, u sizdan ranjigan. Biroq bu holat uzoq davom etsa — veterinarga murojaat qilish kerak.
5. Xulq-atvorda keskin o‘zgarish. Do‘stona mushuk birdaniga agressiv harakat qilib, quloqlarini yoyib, dumini tez-tez silkita boshlasa — u albatta norozi. Avvalo sog‘liq muammolarini inkor etgan holda, uning xafaligini bartaraf qilishga harakat qiling.
Qanday qilib kechirim so‘rash kerak?
-
Mushukni darrov shirinliklar bilan erkalatishga shoshilmang. Uning hissiyoti barqarorlashishi kerak.
-
O‘zi yoningizga kelganda, ilk qadamni qiladi. Shu paytda uni sekingina silab, muloyim ovozda ko‘nglini oling.
-
Harakatlaringiz yumshoq, ovozingiz esa xotirjam va past bo‘lishi kerak.