date

Putin va Tramp XJSdan qochish uchun Alyaskani tanladi

Putin va Tramp XJSdan qochish uchun Alyaskani tanladi
The Washington Post nashri yozishicha, Vladimir Putin va Donald Trampning AQSH hududida, aniqrog‘i Alyaska shtatda uchrashishi tasodif emas. Bu qarorning asosiy sababi — Alyaska Xalqaro jinoyat sudi (XJS) yurisdiksiyasiga kirmasligida.

Amerika OAV xabarlariga ko‘ra, ikki yetakchi uchrashuvi oldidan bir nechta ehtimoliy joylar ko‘rib chiqilgan. Putinning o‘zi omma oldida qilgan bayonotida muzokaralar Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tishi mumkinligini tilga olgandi. Shu bilan birga, Italiyada uchrashuv o‘tkazish varianti ham muhokama qilingan, ammo Rossiya rahbarining XJS orderi asosida qo‘lga olinish xavfi sababli bu taklifdan voz kechilgan.

“AQSH Xalqaro jinoyat sudining huquqiy tomoni emas, shuning uchun Alyaskadagi uchrashuv har qanday huquqiy muammolardan xalos qiladi”, — deya ta’kidlagan WP.

Shuningdek, Alyaskaning tanlanishiga yana bir omil sifatida uning Rossiya hududiga geografik yaqinligi qayd etilmoqda. Putin maslahatchisi Yuriy Ushakov buni yumor bilan izohlab: “Delegatsiyamizga faqat Bering bo‘g‘ozidan uchib o‘tish kifoya, eng qulay yo‘l ham shu”, — degan.

Ma’lumot uchun, Tramp va Putinning tarixiy deb baholanayotgan uchrashuvi joriy yilning 15 avgustida Alyaskada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp shaxsan Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilgan.

Ekspertlar va siyosiy kuzatuvchilar esa bu uchrashuvda qaysi masalalar muhokama qilinishi va uning global siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatishini qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Tramp XJSdan qochish uchun Alyaskani tanladi