Angliya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlanishiga bir haftadan kamroq vaqt qolganida “Manchester Siti” yagona o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.
Xosep Gvardiola shogirdlari Italiyada tashkil etilgan bahsda Erling Xolandning bitta va Tijani Reyndersning ikkita goli evaziga “Palermo”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinni tahlil qilgan ommaviy axborot vositalari o‘z xulosalari bilan o‘rtoqlashishda davom etmoqda. Xususan, nufuzli manba – esteemedkompany.com portali ekspertlari “Manchester Siti” o‘yinchilarining harakatlarini quyidagi baholadi.
Jeyms Trafford — 6/10:
O‘yinni ancha asabiy boshladi, ayniqsa oyoq bilan o‘ynayda. Ammo keyinroq o‘zini yig‘ib oldi va ishonchli harakat qildi.
Riko Lyuis — 7/10:
Almashtirilgungacha yaxshi o‘yin namoyish etdi.
Abduqodir Husonov — 7/10:
Qat’iyatli kurashlar olib bordi. Keyingi mavsumda jamoa uchun muhim futbolchiga aylanishi kutilmoqda. Juda faol o‘ynadi.
Jon Stounz — 7.5/10:
Stounz avvalgi darajasiga qaytyapti va nihoyat, o‘ziga o‘xshab o‘ynadi. Hujumga qo‘shilib turdi va yaxshi jismoniy holatda ekani ko‘rindi.
Rayan Ayt-Nuri — 6.5/10:
Ba’zi yaxshi harakatlar ko‘rsatdi, lekin o‘ziga yarashadigan darajada o‘ynay olmadi.
Niko — 7/10:
Yaxshi o‘ynadi. O‘ziga ishonchini oshirish uchun yaxshi tajriba bo‘ldi.
Niko O’Reyli — 6.5/10:
O‘yinni yarim himoyada boshladi. Kelasi mavsumda jamoaga yordam bera olishi mumkin.
Oskar Bobb — 7.5/10:
O‘ng qanotda faol harakat qildi. Sezilarli darajada o‘sish ko‘rsatmoqda.
Rayan Sherki — 8/10:
Birinchi taymdagi eng yaxshi futbolchi. Har tomonga harakat qildi va doimiy ravishda raqib himoyasi uchun xavf tug‘dirdi.
Umar Marmush — 6/10:
Xavfli pozitsiyalarga kirib bordi, lekin unga omad kulib boqmadi.
Erling Xoland — 7.5/10:
O‘yin hisobini ochdi va katta mavsumga tayyor ekanini ko‘rsatdi.
Ederson — 6/10:
Raqib tomonidan jiddiy sinovga duch kelmadi, ammo ishonchli o‘ynadi.
Mateus Nunes — 7/10:
Himoyaviy o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, hujumda doimiy xavf tug‘dirdi. Yaxshi o‘yin.
Ruben Diash — 7/10:
Bir necha yaxshi kurashda qatnashdi, yaxshi formada ekani ko‘rinib turibdi.
Natan Ake — 6.5/10:
Chap qanot himoyasiga yaxshi moslashdi. Muntazam o‘ynashi uchun salomatligi talabga javob berishi kerak.
Manuel Akanji — 6/10:
Ikkinchi taymni tinch o‘tkazdi, o‘ziga berilgan vazifani bajardi.
Ilkay Gyundogan — 7/10:
Tajribali yarim himoyachi sifatida jamoaga foyda keltirishda davom etmoqda.
Tijani Reynders — 9/10:
Ikkinchi taymda maydonga tushib, ikkita gol urdi. Yangi mavsumda jamoa uchun juda muhim futbolchi bo‘lishi kutilmoqda.
Bernardu Silva — 6/10:
Ikkinchi taymda o‘yinga tushdi va osongina o‘yinni o‘tkazdi.
Savino — 7.5/10:
Golli pas berdi va umuman olganda, yaxshi harakat qildi.
Jeremi Doku — 6.5/10:
Chap qanotda faol harakat qildi va vazifasini ado etdi.
Divayn Mukasa — 7/10:
“Manchester Siti” tarkibidagi debyutini o‘tkazdi. O‘zini juda ishonchli tutib, yuqori saviyani namoyish etdi.
Endi “Manchester Siti” futbolchilari 16 avgust kuni Angliya Premer-ligasining birinchi turida “Vulverhempton” maydonida mezbonlarga qarshi saf tortadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!