Foto: «22century.ru»
AQShdagi Garvard tibbiyot maktabi olimlarining o‘rganishicha, demensiya va epilepsiya bilan bog‘liq miyadagi neyronlarning ortiqcha faolligi qarish hamda bevaqt hayotdan ko‘z yumishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Tadqiqotchilar 60 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan odamlarning miya to‘qimalaridagi genlarni tahlil qilishdi. Buni qarangki, 60 – 80 yoshlarda vafot etganlarga nisbatan uzoq umr ko‘rgan odamlarda asabiy hayajonlanish bilan bog‘liq genlar faolligi sustroq kechgan. DNK faolligi genlar ekspressiyasi chog‘ida sintezlanadigan RNK-molekulalar — transkriptlar soniga ko‘ra hisoblangan.
Nematod va genetik modifikatsiyalangan sichqonlar ustida o‘tkazilgan qo‘shimcha tajribalar, shuningdek, uzoq umr ko‘ruvchilarning miya to‘qimalari tahlili asabiy hayajonlanish bilan umr ko‘rish darajasi o‘rtasidagi o‘zgarishlarni namoyish etdi. Bunda «REST» oqsili hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U neyronlarning ortiqcha faolligini bosadi. Ushbu oqsilni bloklash erta o‘lim xavfini oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”