date

Umtiti Grizmanning "Barselona"dagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi

Umtiti Grizmanning "Barselona"dagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi
Sobiq "Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti Antuan Grizmanning katalon klubidagi muvaffaqiyatsiz faoliyati borasida fikr bildirdi. "Ko'k-anorranglilar" hujumchini 2019 yilda Madridning "Atletiko" klubidan 120 million yevro evaziga sotib olishgan edi.

Ammo yulduzli fransuz yangi jamoasida o'zini ko'rsata olmadi va oxir-oqibat "matraschilar" safiga qaytdi. "Nega Grizmann "Barselona"da muvaffaqiyatga erisha olmadi?

Rostini aytsam, bu savolga javob berish qiyin. Men uni yaxshi bilaman, ammo ba'zi narsalar haqida gapirmaslik yaxshiroq.

Menimcha, hammasi yaxshi bo'lishi kerak edi, chunki Antuan aqlli futbolchi, u doim jamoa uchun ishlaydi. Unda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor edi.

Buning sabablari muhit, murabbiylar va boshqa omillar bilan bog'liq bo'lishi mumkin", – dedi Umtiti Barca Universal nashriga bergan intervyusida. Antuan Grizmann "Barselona" safida 102 o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Umtiti Grizmanning "Barselona"dagi muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi