Atir emas, taom insonni yoqimli hidli qiladi

1 daqiqa o'qish600
Atir emas, taom insonni yoqimli hidli qiladi

Atir emas, taom insonni yoqimli hidli qiladi
Inson tanasining tabiiy hidi har bir kishining o‘ziga xos belgisidir. Olimlar fikricha, bu hid faqat gigiyena yoki genlarga emas, balki iste’mol qilinadigan ovqatlarga ham bog‘liq. So‘nggi tadqiqotlar ayrim mahsulotlar tananing hidini yoqimliroq qilishi va hatto insonni boshqalarga jozibadorroq ko‘rsatishini ko‘rsatgan.

Masalan, sabzavot va mevalarga boy ovqatlanadigan insonlarning tanasidan yoqimli, shirin va gulli hid kelishi aniqlangan. Aksincha, uglevodga boy yoki go‘shtni ko‘p iste’mol qiladigan insonlarning hidi unchalik yoqimli bo‘lmagan. Shunga qaramay, sarimsoq iste’mol qilgan erkaklarning ter hidi tadqiqotlarda yoqimli deb topilgan. Olimlar bu holatni sarimsoqning sog‘liqni yaxshilovchi tabiiy moddalariga bog‘lashadi.

Spirtli ichimlik va kofe esa tana hidini yomonlashtirishi mumkin. Spirt parchalanganda kuchli hidli modda ajraladi, bu esa og‘izdan noxush hid kelishiga sabab bo‘ladi. Kofe esa ter ajralishini kuchaytirib, bakteriyalar ko‘payishiga imkon yaratadi. Shu bois, bu mahsulotlarni me’yorida iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Mutaxassislar ta’kidlaydiki, yoqimli hidli bo‘lish uchun atir yoki parfyumning o‘zi yetarli emas. Tananing tabiiy hidi avvalo to‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Sog‘lom, sabzavot va mevalarga boy ratsion nafaqat sog‘liqni mustahkamlaydi, balki insonni boshqalarga yanada jozibador qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?