date

Lukaku dekabr boshida maydonga qaytishi mumkin

Lukaku dekabr boshida maydonga qaytishi mumkin
Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukakuning jarohatdan tiklanishi kutilganidan yaxshiroq kechmoqda. Antonio Konte uni dekabr oyi ikkinchi yarmida, Italiya Superkubogi o‘yinlari uchun zarur bo‘lgan vaqtda maydonga qaytadi deb o‘ylagandi.

Biroq, Neapol klubi tibbiyot xizmati bergan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Lukaku allaqachon dekabrning dastlabki kunlaridayoq maydonga qaytishi mumkin. Bu "Napoli" uchun ayni muddao, chunki jamoa so‘nggi vaqtlarda bir qator muammolarga duch kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Lukaku mavsum boshlanishidan oldin, "Olimpiakos"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jarohat olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lukaku dekabr boshida maydonga qaytishi mumkin